HOKIM BITIRUVCHI YОSHLAR BILAN UCHRASHDI

Tuman hokimi 2-son kasb-hunar maktabi bitiruvchilari bilan uchrashib, ularning ishga ehtiyoji, qiziqishlarini o‘rgandi.

Eslatib o‘tamiz: tuman hokimlari oliy va o‘rta taʼlim, kasb-hunar taʼlimi bitiruvchilari bilan uchrashib, murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqishi yuzasidan Yurtboshimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida topshiriqlar berilgandi.

Yoshlar yo‘nalishlari va o‘zlariga mos ish tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun uchrashuv oldidan tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi, albatta.

Uchrashuvda tuman hokimi bitiruvchilarni oliy o‘quv yurtida taʼlim olish, bu borada mamlakatimizda barcha qulayliklar yaratilganligi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, muayyan kasb tanlab yoki tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga undovchi fikrlar bildirdi. O‘z o‘rnida ularning intilishlari, ko‘nikmalari, murojaatlari ham o‘rganildi.

Suhbat davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Bundan tashqari, kasb-hunar maktabini aʼlo baholarga tugallagan bir qator yigit-qizlar tuman hokimligining “Tashakkurnomasi” hamda sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM