TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining ellik to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini tuman hokimi Sherzod Rahmonov olib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga dahldor korxona, tashkilot masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab, tumanda sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan “Yoshlar bilan uchrashuvlar” va ularning muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi Narpay tuman bo‘limi boshlig‘i Obid Aliyevning hisoboti tinglandi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Narpay tumani bo‘limi boshlig‘i Nasim Turopov 2022-yilning o‘tgan davri mobaynidagi faoliyati yuzasidan hisobot berdi.

Bundan tashqari, tuman saylov komissiyasi raisi Anvar Bobojonovning xalq deputatlari tuman Kengashida bo‘shab qolgan 14-Toshrabot saylov okrugi deputatligiga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Bekzod Orziqulovning sessiyalarda qabul qilingan qarorlar bilan berilgan topshiriqlar ijrosining holati va deputatlar faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi.

Shu kabi sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatni partiya guruhiga ro‘yxatga olish, Kengashning “Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi” tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalalari ko‘rildi.

Sessiyada Hakimov Islom Suyun o‘g‘li tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM