TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining  oltmish yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini tuman hokimi Sherzod Rahmonov olib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga dahldor korxona, tashkilot, muassasa   masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. 

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi boshlig‘i Nasim Turopov bo‘limning 2022-yildagi faoliyati yuzasidan hisobot berdi. 

So‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”dagi qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Islom Hakimovning hisoboti tinglandi.

Taʼkidlash lozimki, I.Hakimovning hisoboti puxta tayyorlanmagan  qabilida deputatlar tomonidan qoniqarsiz, deb topildi va keyingi sessiyada qayta ko‘rib chiqilishi yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shu kabi tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va ichimlik suv taʼminotining bugungi holati bo‘yicha shu yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan  “Samarqand suv taʼminoti” MCHJ tuman filiali boshlig‘i Jasur Boboqulovning hisoboti eshitildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan umumtaʼlim maktablari direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarni tanlab olish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM