Tuman hokimligining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida

Tuman hokimligining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli va 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6275-sonli Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021-yil 28-oktabrdagi 05-1-3138-sonli xati hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6- va 25-moddalariga asosan

QAROR QILAMAN:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6275-sonli Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021-yil 28-oktabrdagi 05-1-3138-sonli xati ijro uchun qabul qilinsin.

2. Tuman hokimligidagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman idoralararo komissiya kotibi hamda tuman Xalq ta’limi bo‘limidagi bolalarning ijtimoiy himoyasi bo‘yicha metodisti lavozimlarini maqbullashtirish hisobiga sho‘ba mudiri va bosh mutaxassis shtat birligidan iborat “Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘basi” tashkil etilganligi inobatga olinsin.

3. Tuman hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi shtat birligi cheklangan soni doirasida tuman hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘yicha yetakchi mutaxassisi lavozimi qisqartirilib, ushbu shtat birligi Ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimi uchun ajratilsin.

4. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari J.Shodiyev hamda tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri N.Tuyinov tuman hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.

5. Tuman hokimligining Ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassisi zimmasiga quyidagi ustuvor vazifalar yuklatiladi:

- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni hisobga olish va ularning ro‘yxatini shakllantirish ularda aniq ijrochi, muddat va bajarish mexanizmlari ko‘rsatilgan topshiriqlar tayyorlanishini hamda ijrochilarga yetkazilishini nazoratga olish;

- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklarining (nazorat rejalari) tayyorlanishini, tasdiqlanishini va ijroga qaratilishini nazorat qilish;

- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etish hamda chuqur tahlillar asosida monitoringini olib borish;

- “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushadigan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tizimli nazoratini amalga oshirish;

- hokimlik tizimida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini va qanoatlantirilishini muvofiqlashtirib borish;

- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi holati har oy yakunida muhokama qilinishini hamda mas’ul rahbar va xodimlarning hisobotlari eshitilishini tashkil qilish;

- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi amalda nazorat qilinishini shaxsan tashkil etish, o‘z vaqtida hisobot berilishiga alohida e’tibor qaratish;

- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida, toʻliq va natijali ijro etilishini shaxsan tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, oldinga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish va moʻljallangan maqsadlarga erishishni tashkil etish.

6. Tuman hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Tuman hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritilayotganli munosabati bilan tuman hokimining 2021-yil 11-maydagi 800-Q-sonli qarori 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

8. Tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi (Sh.Aliyev), xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati (B.Orziqulov) bilan kelishib mazkur qaror va tuman hokimligining yangilangan tashkiliy tuzilmasini o‘rnatilgan tartibda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdig‘iga kiritilishini ta’minlasin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari J.Shodiyev hamda tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari v.v.b. Sh.Aliyev zimmasiga yuklansin.

 

 

Tuman hokimi v.b.:                                                                                                      Sh.Raxmanov

 

1-илова                           2-илова                               3-илова                                  4-илова                            5-илова

6-илова                          7-илова                                8-илова                                  9-илова

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM