Tadbir

“JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT”

64-umumiy o‘rta taʼlim maktabida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Yoshlarni aqidaparastlik oqimlar taʼsiridan saqlash", “Milliy libos maʼnaviyat ko‘zgusi” mavzularida videorolik va ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Narpay tumani bosh mutaxassisi Ravshan Valiulin va boshqalar diniy ekstremizm, missionerlik, terrorizm va odam savdosiga qarshi kurash, milliy kiyinish madaniyati, O‘zbekistonda vijdon erkinligining huquqiy asoslari, diniy bag‘rikenglik borasidagi ishlar haqida so‘z yuritdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Разработан в: SAKTRM