Umumta’lim muassasalari rahbarlari diqqatiga!

         Xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi umumta’lim muassasalari (umumta’lim muassasasining 2020/2021 o‘quv yili boshiga hisoboti) 2-ta’lim shakli (yillik) Davlat statistika hisobotini 2020 yilning 16 sentyabr sanasidan kechiktirmasdan internet tarmog‘idagi www.stat.uz yoki www.samstat.uz veb-saytlariga joylashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimi eStat 3.0 dasturi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron ko‘rinishda xato va kamchiliklarsiz taqdim qilish lozimligini eslatib o‘tamiz.

         Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 

Narpay tuman statistika  bo’limi

Murojaat  uchun telefonlar (66)432-19-46

 

 

 

2015-2020 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM