FIDOKOR KO‘CHASIGA ASFALT YOTQIZILYAPTI

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlarining shu kecha-kunduzda amalga oshirayotgan ishlari tahsinga loyiq. Ayni paytda ular Alisher Navoiy mahallasining Fidokor ko‘chasiga asfalt yotqizishmoqda.

Tuman hokimi Sherzod Rahmonov tegishli masʼullar hamrohligida yo‘l taʼmiri sifatini ko‘zdan kechirdi. Bu borada mutaxassislarga tavsiyalar berdi.

Shuni ham alohida taʼkidlash lozimki mahalla ahlini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida hududga 160 kVli yangi transformator o‘rnatildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM