Siz nima deysiz?

NATIJALAR

O‘tgan haftada “Siz nima deysiz?” rukni orqali tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari faoliyatiga aholining munosabatini bilish maqsadida ochiq ovoz tanlovini eʼlon qilgandik.

Natijalar esa quyidagicha:

1. Ha, vijdonli, kasbiga sodiq shifokorlarga tasanno. (889 ta ovoz)

2. Bilmayman ularga ishim tushmagan. (73 ta ovoz)

3. Yo‘q, tizimni tartibga keltirish zarur. (557 ta ovoz)

ko‘p sonli kuzatuvchilarimiz birinchi ustun (Ha, vijdonli, kasbiga sodiq shifokorlarga tasanno)ga ovoz berishdi. Rostdan ham tuman tibbiyotida halol, vijdonli, tajribali shifokorlar talaygina. Shunga qaramay 557 nafar qarshi ovoz bergan kuzatuvchilarimizning fikrini ham hurmat qilishimiz kerak. Demak, tizim faoliyatini yanada jonlantirish lozim, deb hisoblaymiz.

2015-2021 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM