O‘ZBOSHIMCHALIKKKA ChEK QO‘YILDI

Bugun ayrim xonadon egalari elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib olishmoqda. Bu esa o‘z navbatida boshqa isteʼmolchilarga sifatli elektr energiyasi uzatilishiga salbiy taʼsir ko‘rsatyapti.

Aholining murojaatlaridan kelib-chiqib, tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼullari Guliston va Istiqlol mahallalarida nazorat olib borishdi. Nazorat davomida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanib olgan fuqarolar aniqlandi.

Ularga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, noqonuniy tortilgan simlar tarmoqdan uzib tashlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM