NARPAYLIK OQIL VA DONO NURONIY

Samarqand shahrida nuroniylar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yoshlar murabbiysi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 16 ta tuman (shahar)dan kelgan 32 nafar otaxon va onaxon uchta shart bo‘yicha bellashdilar.

Bunda ishtirokchilarning mahallalarida amalga oshirilgan ishlarning taqdimoti, yoshlar o‘rtasidagi muammoli savollarga javob berishi, har bir nuroniy yoshlar bilan samarali muloqot olib borish bo‘yicha ijodiy salohiyati namoyish etildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Narpay tumani vakili Bozor Hasanov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlov so‘ngida g‘oliblar, faol nuroniylarga mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining diplom, tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

2015-2022 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM