DASTGOHLAR ISHGA TUSHSA ISH O‘RNI KENGAYADI

“Samarqand Silk AO” MCHJ rahbari Alisher Ostonov 2022 yilda yangi ish o‘rinlari yaratish va ipak quriti ozuqasi hisoblanmish keng tutzorlar barpo etish yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.

Aslida MCHJ negizida pillani qayta ishlash fabrikasi  bo‘lib, o‘tgan yil  pilla hosilidan I va IV -choraklarda Xitoy mamlakatiga 1200 ming AQSH dollari qiymatida ipak momig‘i hamda ipak mahsulotlari eksport qilingan.

Bu yilgi rejalar ham ulkan. Yaʼni eksport hajmini 1350 ming AQSH dollariga oshirishmoqchi.

Yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida pillani qayta ishlash yo‘nalishida ipak gilam ishlab chiqarish dastgohlari keltirilib, o‘rnatilmoqda. Dastgohlar ishga tushgach, 730 nafar doimiy hamda 3100 nafar mavsumiy ishchilar bandligi taʼminlanadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM