Aziz hamyurtlar!

Joylarda elektr taʼminotini qayta tiklash ishlari olib borilayotgani sabab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilmoqda.

“Anvarjon Biznes Invest” MCHJ (Toza Hudud DUK)ning maxsus texnikalari yoqilg‘i yo‘qligi bois belgilangan tartibda mahallalarga xizmat ko‘rsata olmayapti. 

Yoqilg‘i yetkazib berish yo‘lga qo‘yilishi bilan maxsus texnikalar jadval asosida o‘z xizmat vazifalarini bajarishga kirishadi. Bu kabi noqulayliklar uchun korxona maʼmuriyati aholidan uzr so‘raydi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM