Hurmatli isteʼmolchilar!

Elektr energiyasi tizimidagi yirik nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.

Yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari ham kuzatilyapti. Bu esa, o‘z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelmoqda.

Shu sababli issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining kamayishi kuzatilib, bu elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

Hozirgi vaqtda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib respublikamizning ayrim hududlarida navbatma-navbat elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, tumanimiz hududida yana 2 soatdan so‘ng elektr taʼminoti uziladi.

Vaziyatni to‘g‘ri baholaysiz, degan umiddamiz.

Tuman elektr taʼminoti korxonasi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM