ISH TAJRIBALARI RESPUBLIKA MIQYOSIDA OMMALASHTIRILADI

2021 yilning 11-15 oktyabr kunlari Toshkent shahrida "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi" tanlovining uchinchi (respublika) bosqichi o‘tkazilgan edi.

Tanlovda faol ishtirok etgan o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalari respublika bo‘ylab ommalashtirilmoqda.

Gap shundaki, tanlovda tumanimizdagi 33-umumtaʼlim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Ilhom Sovutov ham faol ishtirok etib, g‘olib bo‘ldi. Endilikda uning ilg‘or ish tajribalari respublika miqyosida ommalashtirilishi belgilandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM