DO‘STLIK MAHALLASIDA SAYYOR QABUL

Tuman hokimi prokuror hamda xalq qabulxonasi mudiri ishtirokida o‘tkazilgan galdagi sayyor qabulda Do‘stlik mahallasi ahlining aksariyat murojaatlari ijrosi taʼminlandi. 

Qabulda fuqarolar tomonidan moddiy yordam, bandlik, tadbirkorlik uchun kredit hamda yer ajratish, elektr simyog‘ochlarini yangilash, ichki yo‘llarni taʼmirlash, qabristonlarni devor bilan o‘rash va obodonlashtirish kabi bir qator murojaatlar tushdi.

Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, muddat talab etiladigan masalalarga yechim topish borasida masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM