SOG‘LOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM

Bugun erta tongdan yangi barpo etilgan salomatlik yo‘lagida tuman hokimligi tashabbusi bilan ilk sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasida dastlab, piyodalar so‘ngra velomarafonchilar ishtirok etishdi.

Aksiya davomida badan tarbiya, stol tennisi, shaxmat, stritbol hamda vorkaut o‘yinlari ham tashkillashtirildi.

Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik, tashkilotlar, faol fuqarolar ham qatnashdilar.

Ushbu sport tadbirlarida faol qatnashgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM