SEMINAR TRENING

Ikkinchi kasb-hunar maktabi majlislar zalida mahalla fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi. 

Seminar treningda tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Anvar Bobojonov, tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat Samadov hamda  tuman ko‘maklashuvchi saylov komissiyasi raisi va aʼzolari, 57 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilgan ishchi guruh raislari ishtirok etishdi.

Mazkur seminar-treningda saylovni tashkil etish va o‘tkazish borasida masʼullar tomonidan batafsil tushunchalar berilib, ishtirokchilar bilan fikr-mulohazalar almashildi.

Shuningdek, barcha markaziy ko‘chalarga  targ‘ibot bannerlari o‘rnatilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM