MUSTAHKAM OILA - JAMIYAT POYDEVORI

Oila – bu bizning osoyishta maskanimiz, tayanchimiz va katta hayot yo‘liga qadam qo‘yishimizda madadkor oshyonimizdir. Oilada – ishda sarflagan kuchimizni qayta tiklaymiz, vaqtni maroqli o‘tkazib, ruhiyatimizni mustahkamlaymiz.

15 may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan tumanimizda "Farovon oila sari", "Mustahkam oila - jamiyat poydevori" shiorlari ostida madaniy maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda bir guruh nominatsiya g‘oliblariga hamda viloyatimizda o‘tkazilgan "Yangi O‘zbekistonning- iqtidorli oilasi" ko‘rik tanlovining "O‘zbekistonning ibratli oilasi" nominatsiyasining g‘olibi Qurbonov Tesha boboning oilasiga esdalik sovg‘alar tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Marhabo Ochilova tomonidan topshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM