O‘QUVCHI QIZLAR O‘RTASIDA DAVRA SUHBATI

Tuman hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi, IIB xodimlari hamkorligida umumtaʼlim maktablarida o‘quvchilar o‘rtasida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Bu galgi davra suhbati 52-umumtaʼlim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari M.Ochilova, ichki ishlar bo‘limi vakili M. Elomonovalar erta turmush va erta tug‘ruqlarning salbiy oqibatlari, zo‘ravonlik hamda tazyiq uchun ko‘riladigan himoya choralari haqida so‘z yuritdilar.

Davra suhbati nihoyasida qizlar o‘rtasida “Zukkolar bellashuvi” o‘tkazilib,  bilimli yoshlarga esdalik sovg‘alari  topshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM