Narpaylik yoshlar sayohatga yuborildi

Qadimdan Buxoro vohaning zich aholiga ega markazi boʻlib kelmoqda. Uning yoshi 2500 da. Qulay muhut va 140 dan ortiq qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlab qolgan Buxoro sayyohlarning eng sevimli joylaridan biri boʻlib kelmoqda.

Xuddi toʻr bilan qoplangan Ismoil Samoniy maqbarasi, ulkan qoʻrgʻon va Buxoro hukmdorining mustahkam qarorgohi Ark, Minorai Kalon kabi koʻplab masjid va madrasalar, karvon-saroylar singari qadimiy yodgorliklar bilan tanishish, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Narpay tumanidagi 1-sektor hududida istiqomat qiluvchi 50 nafar faol va daftarda turuvchi yoshlar tuman hokimligi tashabbusi bilan erta tongdan sayohatga yuborildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM