YANA BIR YANGI BINO BARPO ETILMOQDA

Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida yangidan qurilishi boshlangan Ipak yo‘li mahallasi binosini ko‘zdan kechirdi.

Tamal toshi qo‘yilgan obyekt hashar yo‘li bilan bunyod etilmoqda. Shu kunlarda qurilish ishlari jadallik bilan olib borilyapti.

Hokim qurilishda ishtirok etayotgan masʼullarga xavfsizlik talablariga rioya etish, binoning zamonaviy ko‘rinish kasb etishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Demak yoz oylari o‘rtalarida yana bir mahallaning yangi binosi foydalanishga topshiriladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM