XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH TIZIMIDA HAMKORLIK ZARUR

Tuman hokimligi majlislar zalida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga ko‘maklashish bo‘yicha respublika ishchi guruhi aʼzolari mahalla xotin-qizlar faollari  va hamkor tashkilotlar vakillari bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazdi.

Tuman hokimi va sektor rahbarlari ham ishtirok etgan muloqot uchrashuvida Yurtboshimizning “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari, shuningdek, “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

Bu borada erishilgan natija va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida so‘z yuritildi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, professor Karima Norqulova, oila va xotin qizlar ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, dotsent Husniddin Norqulov, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zulfiya Rafiyevalar oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olishda mutasaddi tashkilotlarning hamkorligi, ayollar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlar faollarining asosiy vazifalari borasida ham to‘xtaldilar.

Uchrashuvdan so‘ng ishchi guruh aʼzolari xotin-qizlar reabilitatsiya va tadbirkorlik markazida bo‘lib, markaz faoliyati, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan atroflicha tanishishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM