SHO‘X TARONALAR YANGRADI

Salovat mahallasida taniqli shoir va sanʼatkorlar, teatr hamda kino aktyorlari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

yoshu qari birdek ishtirok etgan tadbirda Vatanni madh etuvchi sheʼr va qasidalar, qo‘shiqlar yangradi. Kimdir maroq bilan ashula tingladi, kimdir sho‘x taronalarga raqsga tushdi. Bir so‘z bilan aytganda tadbir barchaga manzur bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM