TEXNIKALAR MAVSUMGA SHAY

Hademay paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlanadi. Bunga hozirdan puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Respublika Bosh prokurori o‘rinbosari Shohruh Aminovning  viloyat hokimi o‘rinbosari Feruz Obilov, viloyat prokurori o‘rinbosari Dilshod O‘sarov va boshqa masʼullar hamrohligida tumanimizga tashrif buyurishidan maqsad ham mavjud texnikalarning mavsumga shayligini ko‘zdan kechirishdan iborat edi.

Dastlab ular “Omad” fermer xo‘jaligi dalasida tashkil etilgan g‘alla ekish agrotexnikasiga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etdilar. Maydonga urug‘ qadash oldidan jonliq so‘yildi. qurʼon tilovat qilinib, dehqonchilikka baraka, elga omonlik, yurtga tinchlik so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Shundan so‘ng “Maroqand sifat” MCHJ tomonidan hozirlangan paxta terish mashinalari, tashish texnikalari, tirkamalar, shu kabi defoliatsiya qiluvchi OVXlarning holati ko‘zdan kechirildi. Mavsumda ishtirok etuvchi mexanizatorlar bilan ularga yaratilgan mehnat sharoitlari, oylik ish haqlari borasida suhbat olib borildi.

Keyingi manzil “Mirbozor bozori”MCHJ  bo‘lib, u yerda tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalar faoliyati o‘rganildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM