PROFILAKTIK SUHBAT

O‘sha mashʼum tunda er-xotinning arzimagan janjali mudhish jinoyat bilan yakunlandi... Er o‘z xotinini ayamasdan do‘pposlashi oqibatida ayol jon taslim qildi.

Yangiobod mahallasi ahli o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida bu jinoyat muhokama etildi.

Tuman hokimi va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilgan suhbatda nizoning kelib chiqish sabablari o‘rganildi. Janjalning oqibati bir insonning bevaqt vafot etishi bilan tugaganligi nihoyatda achinarli hol ekanligi, shuningdek, bu kabi o‘ta og‘ir jinoyatlarning oldini olish borasida tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Ha, jufti halolining qotiliga aylangan erkakni hech bir so‘z  bilan oqlab bo‘lmaydi. Jinoyatga esa jazo muqarrar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM