O‘Z UYIMIZ, ISHXONAMIZNI OBOD QILAYLIK!

Har birimiz o‘z xonadonimiz, ish joyimizni toza-ozoda tutsak, obodonlashtirsak tumanimiz obod hududga aylanadi. 

Tashkilot, korxona rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda tuman hokimi aynan shu mavzuda so‘z yuritdi. Yashash manzil va ishxona hududini saranjomlash, ko‘chalaru guzarlarni obodonlashtirish, mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, shu kabi qo‘ni-qo‘shni, hamkasblarga bu borada namuna bo‘lish lozimligi taʼkidlandi.

Hurmatli hamyurtlar! Barchamiz birlashib, tumanimizni obod qilishga hissa qo‘shaylik!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM