HURMATLI HAYDOVCHI TEZLIKNI OSHIRMA!

Bugun yo‘l-transport hodisalarining soni ortib borayotgani sir emas. Bu esa avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni taʼminlash tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etadi.

Jumladan, yo‘l infratuzilmasini harakat xavfsizligini taʼminlashning zamonaviy talablariga to‘liq muvofiqlashtirish, qoidabuzarliklar profilaktikasini samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek, inson omilini istisno qiluvchi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, M 37 yo‘lining Totkent, Oq oltin, Charxin mahallalari hududlarida tezlikni qayd etuvchi fotoradarlar o‘rnatildi.

Hurmatli haydovchilar tezlikni oshirmang! O‘zingiz va o‘zgalar hayotiga befarq bo‘lmang!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM