SUV KELTIRGAN ELDA AZIZ

Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida sezilarli darajada ish olib borilmoqda.

Shu kunlarda Iymon mahallasining Yangirabod va Bolg‘ali qishloqlariga  25,4 kilometrlik ichimlik suv tarmog‘i tortilib, suv inshooti mukammal taʼmirlanyapti. Ayni paytda 6 milliard 500 million so‘m mablag‘ evaziga “Saida Fayz qurilish” xususiy korxonasi tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu kabi Ipak yo‘li mahallasining Qorasiroq qishlog‘i ahli uchun 3,4 kilometrlik yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Bugun 360 ta xonadon ilk bor markazlashgan ichimlik suvidan bahramand bo‘lishdi.

Bundan tashqari, Mustaqillik mahallasidagi Oytamg‘ali qishlog‘iga ham hashar yo‘li bilan 3,2 kilometrlik yangi ichimlik suv tarmog‘i tortilmoqda. Xuddi shuningdek, yil oxiriga qadar tumanning yana uchta hududida 36 kilometrlik suv tarmog‘i tortiladi.

Tuman hokimi joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM