Natija

360 MING TUPDAN ORTIQ KO‘CHAT EKILDI

“Yashil makon” umummilliy harakati doirasida shu yilning kuz mavsumida 358,800 dona manzarali, mevali va boshqa turdagi ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan edi. Bugungacha 360 300 dona daraxt ko‘chatlari ekilib, reja 100,33 foizga bajarildi.

Demak, kashtan, lipa, oq qayin, eman, yapon saforasi, katalpa, shumtol, qayrag‘och, pavloniya, terak, zarang, akatsiya, chinor, tut, jiyda, yong‘oq, behi, uzum, qrim qarag‘ayi, virgin archasi, sharq tuyasi, Suriya atirguli, hind sireni, boshqa mevali va yong‘oq mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Ob-havoning qulay kelishiga qarab ko‘chat ekish ishlari davom etadi, albatta. Zero, hududimizni yashil makonga aylantirish har birimizning vazifamizdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM