BIR SOHIL FARZANDLARI

Zarafshon daryosi atrofida joylashgan Narpay, Paxtachi va Kattaqo‘rg‘on tumanlari xalqlarining azaliy qo‘shnichilik anʼanalari davom etmoqda. Bugun Narpaydagi “Kitob olami” ziyo maskanida uchchala tumanning ijodkorlari ishtirokida sheʼriyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Narpay va Paxtachi tumanlari bo‘limlari tashabbusi bilan tashkil etilgan adabiy kechada O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Xayriddin Begmatov, Yaxshigul Xidirova, ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan O‘lmas Samarqandiy, Gulchiroy Oltin, Gulbahor Barnoxo‘jayeva, Umida Yusupova, Gulshoda To‘rayeva va boshqa qalamkashlarning o‘tli sheʼrlari o‘zgacha ohangda yangradi.

Bir sohil farzandlarining bu kabi ijodiy uchrashuvlari har oyda o‘tkazilishi belgilandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM