HUDUDLARDA AHOLI BILAN UCHRASHUVLAR

Joylarda tuman hokimi, sektor rahbarlari, hokimlik va korxona, tashkilotlar masʼullari tomonidan aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Bugun tuman hokimi Do‘stlik, tuman prokurori Ravot olchin,  IIB boshlig‘i Xo‘jaqo‘rg‘on, shu kabi hokimlik masʼullari Islom shoir, Yangiariq, Haqiqat va boshqa mahallalar fuqarolari bilan uchrashdilar.

Uchrashuvlarda fuqarolar tomonidan turli mavzuda, ayniqsa, oliy taʼlim muassasalariga shartnoma to‘lovlarini to‘lashda amaliy yordam, elektr energiyasi, suyultirilgan gaz balloni taʼminoti, ichimlik suvi, tadbirkorlik uchun kredit, bandlik masalalarida murojaatlar tushdi.

Aksariyat murojaatlarning ijrosi joyida taʼminlandi. Muddat talab etadigan masalalar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi.

Ushbu qabullar joriy hafta yakuniga qadar davom etadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM