Seminar

AGROTEXNIK TADBIRLAR – MO‘L HOSIL GAROVI

G‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Qishloq xo‘jaligi soha mutasaddilari, MMTP rahbarlari va fermerlar ishtirokida Elbek nomli fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda g‘o‘za parvarishida zarur agrotexnik tadbirlarni vaqtida amalga oshirish borasida so‘z yuritildi.

Seminarda qishloq xo‘jaligi masʼullari g‘o‘zani kultivatsiyalar, begona o‘tdan tozalashdan tashqari, zararli hasharotlarga qarshi kurashish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish haqida to‘xtaldilar.

Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, uning afzalliklari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Barchaga namuna sifatida dala atrofiga uzum ko‘chatlari ekildi.

Seminarda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi va IIB boshlig‘i ishtirok etdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM