TIBBIYOT MUASSASALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Tuman hokimi tez tibbiy yordam, tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning Mirbozor filiali va Narpay tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Tez tibbiy yordam bo‘limida ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, tez yordam mashinalarining holati ko‘zdan kechirildi.

Markaziy poliklinika filialida esa patronaj hamshiralar bilan vazifalariga oid suhbatlar o‘tkazildi. Bunda bir qator kamchiliklar, yaʼni aksariyat potranajlar vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashayotganligi, hujjat yurituvida nuqsonlarga yo‘l qo‘yishayotganligi aniqlandi.

Sohaga taalluqli boshqa muassasalardagi holatlar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga qatʼiy topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, hududda barpo etilayotgan yangi tibbiyot maskani qurilish maydonida bo‘lib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM