BESh TASHABBUS OLIMPIADASI

Tumanimizda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning mahalla, sektor va tuman bosqichlarida 32 mingdan ortiq yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, tanlov va musobaqalar ishtirokchisi bo‘ldi. Shundan 74 nafar yoshlar 7 ta sport turi bo‘yicha viloyat bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi.

Tumandagi 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktabida ushbu olimpiada g‘olib va sovrindorlarining taqdirlash tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Islom Hakimov so‘zga chiqib, barcha g‘oliblarni tabrikladi. Musobaqa g‘oliblari tuman hokimligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Yosh sportchilarimizga omad tilaymiz!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM