Hashar – elga yarashar

PIYODALAR UCHUN YO‘LAKCHA QURILYAPTI

Azaldan ota-bobolarimiz har qanday xayrli ishni hashar orqali amalga oshirishgan. Ushbu anʼanani davom ettirgan holda bugun tumanimizning barcha hududlarida hasharlar uyushtirilib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shu kunlarda birinchi sektor xududidagi Tortuvli mahallasi ahli ham hashar yo‘li bilan maktabga olib boruvchi ichki yo‘llar atrofida piyodalar yo‘lakchasi barpo etishyapti.

Bu esa mahalla fuqarolarining hamfikrliligi, hamjihatligidan dalolatdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM