BAYRAM TO‘YGA ULASHIB KETDI

1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tuman markazidagi Yoshlar istirohat bog‘ida bayram tadbiri uyushtirildi.

Tadbirning badiiy qismida tarbiyalanuvchi bolajonlar tomonidan quvnoq kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Shu kabi, tuman hokimligi tashabbusi bilan chin yetim bolalarga bayramona dasturxon yozildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari va bir qator jamoatchilik vakillari bolajonlarni bugungi tantana bilan tabriklab, sovg‘alar, shirinliklar ulashdilar.

Bayram tadbiri uch nafar yetim bolaning xatna to‘yiga ulashib ketdi.

Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, tashkil etilgan bir qator qiziqarli o‘yinlar tadbirga yana-da o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM