O‘RGANISHLAR VA NATIJALAR

Tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh aʼzolari tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan ishlar, bemorlarga yaratilgan shart sharoitlar va boshqa masalalarni o‘rgandi.

Birlashma majlislar zalida esa  tibbiyot xodimlari va tegishli tashkilotlar vakillari o‘rtasida o‘rganishlar natijalari muhokama etildi.

Dastlab, soha faoliyatiga oid videolavha namoyish etildi. So‘ng ijro intizomi, hujjatlar yurituvi va yo‘nalishlarda aniqlangan kamchiliklar o‘qib eshittirildi.

Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir necha masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy chora ko‘rish taklifi ilgari surildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM