ASOSIY MAQSAD ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH

Darhaqiqat ishlab chiqarish va sanoatni rivojlantirish o‘z-o‘zidan nafaqat ish o‘rnini yaratadi balki, soliq tushumini ko‘payishiga, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirilishiga sabab bo‘ladi.

Shu yil tumanimiz miqyosida 57 ta yangi loyihalar amalga oshirildi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 219 foizga ortganligini anglatadi.

Bu gal birinchi sektor hududidagi yangidan tashkil etilayotgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyatini o‘rganishda davom etmoqda. Bu gal "Narpaytex"MCHJ, "Diyor aʼlo" hamda "Narpay shodligi" xususiy korxonalari tomonidan bunyod etilayotgan ishlab chiqarish va qadoqlash sexlari ko‘zdan kechirildi. Shu kabi M 37 yo‘li yoqasida tadbirkor D. Razzoqov barpo etayotgan zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasida amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganildi.

Tuman hokimi tadbirkorlik subyektida bo‘lib, yangi loyihalar bilan tanishdi. Tadbirkorlarning taklif va muammolari o‘rganildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM