ILK MAHALLA BESHLIGINING HISOBOTLARI TINGLANDI

Tumandagi 57 ta “mahalla beshligi” tomonidan mahallada 8 oy davomida amalga oshirgan ishlari va yil yakuniga qadar rejalari yuzasidan qilinadigan murojaatlari hisobot jadvali ishlab chiqildi.

Ushbu jadvalga asosan, bugun tuman hokimi dastlab, Tortuvli so‘ngra, Qoziyoqli mahallasida sektor rahbarlari, mahalla faollari va ziyolilari ishtirokida "Mahalla beshligi"ning hisobotini tinglashdi.

Mahalla raislari aholi sharoitini yaxshilash, hududda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish haqida so‘z yuritgan bo‘lsa, hokim yordamchilar mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda, fuqarolar bandligini taʼminlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishi bo‘yicha rejalarini bayon etdi.

Shuningdek, Profilaktika inspektorlari mahallani jinoyatdan holi qilish, jamoat tartibini saqlash borasida gapirib o‘tgan bo‘lsa, yoshlar yetakchilari yosh avlod vakillarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlarini taqdim yetdi.

Shu kabi, mahalla xotin-qizlar faoli oilaviy ajrimlarni oldini olish, ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlash kabi bir qator rejalarini o‘qib eshittirdi.

Tuman hokimi, faollar va fuqarolar tomonidan murojaatnomadan kelib chiqib, bir qator savol va takliflarni ilgari surishdi.

Ushbu murojaatnomalarni tashkil qilishdan asosiy maqsad, mahallada amalga oshirilgan ishlarni xalqqa yetkizish bilan birga kelgusi ishlarni reja qilib olish va eng asosiysi fuqarolarni rozi qilishdan iborat.

2015-2023 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM