Янгиликлар

Hurmatli isteʼmolchilar!

Elektr energiyasi tizimidagi yirik nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.

Yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari ham kuzatilyapti. Bu esa, o‘z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelmoqda.

Aziz hamyurtlar!

Joylarda elektr taʼminotini qayta tiklash ishlari olib borilayotgani sabab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilmoqda.

“Anvarjon Biznes Invest” MCHJ (Toza Hudud DUK)ning maxsus texnikalari yoqilg‘i yo‘qligi bois belgilangan tartibda mahallalarga xizmat ko‘rsata olmayapti. 

Aziz Narpayliklar!

Elektr energiyasidagi uzilishlar sababi haqida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi. Ayni paytda tuman hududining o‘ttiz foizida yaʼni 57 ta mahallaning 27 tasida elektr taʼminoti qayta tiklandi.

2015-2022 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM