TAQDIRIN QO‘L BILAN YARATGAN ODAM
06.12.2023 - 14:10Inson qaysi fazilati bilan hurmat-eʼtibor topadi!? Albatta, ilmi, kasb-kori, feʼl-atvori va mehnati bilan. Mana shu fazilatlarga ega kishi hayotdagi eng baxtiyor insondir. Baxt ularni o‘zi izlab keladi. Zero, har birimiz hayotga bir marta kelamiz. Baxtli yashagimiz keladi. Chunki bunga barchamizning to‘la haqqimiz bor. Mazmunli, ibratli hayot kechirish esa o‘z qo‘limizda. Chunki odam o‘z taqdirini o‘zi yaratadi. Shoir aytganidek: “G‘oyibdan kelajak baxt, bu - afsona”.