Янгиликлар

“ICHKI ISHLAR VAZIRI KUBOGI”

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamkorligida yurtimiz hududidagi 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” sport musobaqasining Narpay tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Zulfiya Mo‘minova 1959 yil 15 iyulda Narpay tumani Qoratov tog‘ining yon bag‘rida joylashgan so‘lim qishloqda tug‘ilgan.

Qishlog‘ida xalq ijodini juda yaxshi tushunadigan va ijro etib bera oladigan insonlar yashaydi. "...Bolaligimdan Mo‘min oqin bobom bir necha soatlab dostonlar kuylashlarini eshitardim. Yillar o‘tdi, ko‘p suvlar oqib ketdi, ammo xalq og‘zaki ijodi hanuz sheʼrlarimda jaranglaydi...", deb eslaydi shoira.

DONORLIK EZGU AMAL

Qon topshirish oddiy va xavfsiz jarayon bo‘lib, sizning donorligingiz sabab kimningdir hayoti saqlab qolinishi mumkin. Chunki, qon quyish turli kasalliklarni, jumladan saraton, travma, jarrohlik jarayonlari va surunkali kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM