Янгиликлар

OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA TAMOYILI ASOSIDAGI YIG‘ILISH

Tumanimizning Totkent mahallasida O‘zbekiston Respublikasi IIV, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risidagi qo‘shma qarori ijrosini taʼminlash xususida yig‘ilish o‘tkazildi.

PROFILAKTIK EMLASH

Tumanimiz bo‘ylab Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bolimi xodimlari tomonidan hududlarda hayvonlarni yuqumli kasalliklariga qarshi profilaktik emlash jarayonlari davom etmoqda.

“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

Tuman hokimi, Keksalar maslahat guruhi aʼzolari, mahallalardagi faol nuroniylar va yosh avlod vakillari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

Tumanimizning Tumor bazmgohida bo‘lib o‘tgan tadbir doirasida, inson qadri, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishda keksalarning o‘rni xususida bir piyola choy ustida suhbat qurildi.

MALAKALI SPORT USTASI TUMANIMIZDA

Narpay tumani sport maktabi boks murabbiyligiga Karimov Jamshid Raxmonqulovich ishga qabul qilindi va u bilan mehnat shartnomasi tuzildi.

Maʼlumot uchun J.Karimov sportning boks turi bo‘yicha bir netcha professional va Xalqaro turnirlar sovrindori, 11 karra O‘zbekiston chempioni hamda Oliy maʼlumotli sport ustasi hisoblanadi.

ENDI MAKTABLARDA TA'LIM BILAN BIRGA HUNAR HAM O'RGATILA BOSHLANADI

Davlatimiz rahbarining “Maktablarda ikkita xorijiy tilga o‘qitish hamda bitta kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi topshiriqlari asosida tumanimizning 56-umumtaʼlim maktabida o‘quvchilarni tikuvchilik, qandolatchilik va mobil telefonlarni taʼmirlash  ustasi kabi hunarmandchilik turlari bo‘yicha o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM