Янгиликлар

OBODLIK BOR JOYDA BARAKA BO‘LADI

Tuman hokimi tegishli o‘rinbosari hamda masʼullar hamrohligida 1-sektor binosida muhokama o‘tkazdi.

Muhokamada M 37 Xalqaro avtomagistral yo‘lining Salovat hamda Sarbozor mahallalari hududidan o‘tuvchi qismidagi aholi xonadonlari, tadbirkorlik subyektlari va davlat tashkilotlarida olib borilayotgan obodonlashtirish holati to‘g‘risida so‘z bordi.

MAVSUMIY TAYYORGARLIK

Tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan hududlarda elektr podstansiyalarni kuz-qish mavsumga tayyorlash ishlari davom etmoqda.

Shu kunlarda Xalqobod, Totkent va Chaykal mahallalaridagi elektr tarmoqlari ko‘zdan kechirilib, ushbu hududdagi podstansiyalarida mavsumga tayyorgarlik ishlari olib borilyapti.
_____

PROFILAKTIK EMLASH

Tumanimiz bo‘ylab hayvonlarni yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash jarayonlari olib borilyapti.

Shu kunlarda, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan Sarbozor va No‘g‘ay mahallalarida parvarish qilinayotgan chorva mollari hamda uy hayvonlari yuqumli bo‘lgan kasalliklarga qarshi emlanmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM