Янгиликлар

BILIMLAR SINOVDAN O‘TKAZILDI

17-umumtaʼlim maktabida fundamental (ona-tili, matematika, informatika, kimyo, biologiya, fizika va geografiya) fanlardan mobil metodik guruh aʼzolarining bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

519 nafar pedagogning bilimlarini Samarqand davlat universitetining professor- o‘qituvchilari va viloyat xalq taʼlim boshqarmasi mutaxassislari baholab borishdi.

BIRDAMLIK SAMARASI

Bir maqsad yo‘lida birlashgan mahalla ahli har qanday masalaga yechim topishadi.

Ahillik mahallasi fuqarolari o‘zlari uchun yana bir qulaylik yaratdilar. Ular hashar yo‘li bilan hududga yangi transformator va 8 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatishdi.
______

NAVBATDAGI SAF KO‘RIGI

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun barcha birdek yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishi, is gazi chiqishini oldini olish zarur.

Shu yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar mamlakatimiz bo‘ylab “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM