Янгиликлар

AHOLI MALAKALI MUTAXASSISLAR KO‘RIGIDAN O‘TDI

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya, endokrinologiya, travmatologiya va ortopidiya, kardiologiya, oftolmalogiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining Samarqand filiallari, shu kabi viloyat perinatal markazi, viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasining bir guruh malakali mutaxassislari tumanimizda bo‘ldilar.

KO‘CHATLAR O‘TQAZILMOQDA

“Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ko‘chat o‘tqazish ishlari davom etmoqda. Tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari dastlab, o‘z ish joylariga 70 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdilar.

Shundan so‘ng Tinchlik mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofiga 60 tup ko‘chat o‘tqazildi.
______

#Bugun_tug‘ilgan_kun

Narpay tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i maslahatchisi, “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi Samadov Shuhrat Jo‘raqulovich o‘zining tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Sh.Samadov 1959-yil 1-noyabrda Narpay tumanida tug‘ilgan.

NUQSONLARNI BARTARAF ETISH LOZIM

Tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida soha vakillari vakolatlariga oid masalalar – joylardagi xizmat ko‘rsatish obyektlarining sanitariya holati, xodimlarning ishga bo‘lgan munosabati va boshqa masalalarga eʼtibor qaratildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM