Янгиликлар

MUHOKAMA MARKAZIDA – BOZORLAR FAOLIYATI

Davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida bozorlar faoliyatini yana-da yuksaltirish va tartib intizomini mustahkamlash, narx-navo hamda obodonlashtirish masalalariga eʼtiborni oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlardan kelib chiqqan holda, tuman hokimligi tomonidan tuzilgan barcha masʼullardan iborat ishchi guruh bozorlarda dastlabki o‘rganish ishlarini yakunladi.

ISHCHI GURUH FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xabaringiz bor, tumanimiz bo‘ylab ko‘p qavatli uylarning majburiy badal to‘lovlarini undirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh o‘z faoliyatini boshlagan.

Tuman hokimi prokuror hamrohligida Baxt va Islomobod mahallalari hududida bo‘lib, u yerdagi ko‘p qavatli uylarda olib borilayotgan badal to‘lovlarining to‘lanish holatlarini o‘rgandi.

ENG YAXSHI TO‘PURAR

Yoshlar yetakchilari o‘rtasida sportning futzal turi bo‘yicha “DXX Samarqand viloyati boshqarmasi kubogi” uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Turnirning viloyat bosqichida Navro‘z mahallasining yoshlar yetakchisi Umidjon Nasimov musobaqaning "Eng yaxshi to‘purari" nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi.
________

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM