Янгиликлар

MUAMMOLARGA YECHIM BOR

Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Bahodir Rahmatov Chaykal mahallasi ahli uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda fuqarolarning barcha turdagi murojaatlari atroflicha o‘rganilib, masalalarga yechim topish choralari ko‘rildi. Aksariyat murojaatlar ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

PROFILAKTIK SUHBAT

Har qanday jinoyatga jazo muqarrar. Tumanda sodir etilayotgan turli jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olishga qaratilgan ishlar yuzasidan joylarda aholi o‘rtasida profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

YОSh KARATECHILAR YUTUG‘I

Navoiy shahrida sportning karate yo‘nalishi bo‘yicha viloyat ochiq turniri bo‘lib o‘tdi. Turnirda tumanimizning MIX FIGHT klubi sportchilari ham ishtirok etdilar.

Bu shunchaki ishtirok emas, balki sportchilarimiz 25 – 55 kilogramm vaznlar toifasida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab qaytdilar.
________

Diqqat, eʼlon!

Sportning karate WKF turi bo‘yicha “HOKIM SOVRINI UCHUN” ochiq turnir bo‘lib o‘tadi.

Shu yil 29 iyul kuni sportning karate WKF turi bo‘yicha tuman hokimi sovrini uchun ochiq turnirga start beriladi. Turnirda 2006-2014 yillarda tug‘ilgan 25 kilogrammdan 65 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi sportchilar ishtirok etishlari mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM