Янгиликлар

TUMANIMIZNING OLIS HUDUDLARIDA SHAG‘ALLASHTIRISH ISHLARI

Tumanimizda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va obodonlashtirish borasida bir qator ishlar olib borilyapti.

Jumaladan, ichki yo‘llar birma-bir taʼmirlanib, ravon holga keltirilmoqda. Bu kabi ezgu ishlar turli loyiha va tashabbuslar asosida qilinayotgan bo‘lsada, bunda ko‘pgina mahallalarning faol fuqarolari ham o‘z hissalarini qo‘shib borayotir.

NARPAYLIK PROFESSOR

Turon mahallasida tug‘ilgan Azamat Saidov Samarqand davlat chet tillar instituti Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib keladi.

Tumandoshimizning 200 ga yaqin ilmiy maqolalari O‘zbekiston va chet el davlatlaridagi turli gazeta va jurnallarda nashr etilgan.

MEHNAT - TAGI ROHAT

Tumanimizda dehqon xo‘jaliklari tashkil etish maqsadida 1400 gektardan ortiq yer maydoni aholi foydalanishi uchun ajratilgan.

Bu bilan esa, 5500 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlangan bo‘lib, ko‘pgina tumandoshlarimiz bu imkoniyatlardan unumli foydalanib kelmoqda.

AKADEMIK BILAN UCHRASHUV

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Xolboy Ibragimov tumanimizga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida tuman hokimi hamrohligida 33-ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabida bo‘lib, o‘quvchi yoshlar bilan o‘z hayot yo‘li haqida o‘rtoqlashdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM