insurez
16-03-2024 10:49


Narpay tumani hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalari
  1. Ushbu nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 27-apreldagi 123-sonli qaroriga muvofiq Narpay tumani hokimligi boshqaruv apparatining (keyingi o‘rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, tuzilmasi hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
  2. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
  3. Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy- texnik va moliyaviy-xo‘jalik jihatidan ta’minlaydi, hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.

Boshqaruv apparati xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

  1. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatini hokim rahbarligida amalga oshiradi.
  2. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Samarqand viloyati hokimligi, shuningdek, davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
  1. Boshqaruv apparatining vazifalari va funksiyalari
  1. Quyidagilar boshqaruv apparatining vazifalari hisoblanadi:

hokimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida hamda viloyat hokimligi tomonidan belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional o‘zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tumanda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, turizm sohasini rivojlantirishda, sanoatda va qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni tizimli joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;

korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik subektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan aloqador tuman tashkilotlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tuman iqtisodiyotiga investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish va turizmni rivojlantirish;

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va boshqa hududiy dasturlar hamda yo‘l xaritalari amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;

tuman iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;

qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish;

aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;

qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatga tashriflari bo‘yicha qabul qilingan bayonlar hamda Prezident rahbarligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishlarida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rish;

harbiy-ma’muriy sektor faoliyatini tashkil etish;

normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan, ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash.

  1. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati va viloyat hokimi topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek, xalq deputatlari tuman Kengashi va hokim tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimning qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;

muammoli masalalarni hal etish hamda tumanni, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning o‘rinbosarlariga taqdim etadi;

iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida nazarda tutilgan tegishli tadbirlar amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari, tuman faollari yig‘ilishlari, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;

xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimlikning komissiyalari hamda boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

hokimning tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan eshitilishini tashkil qiladi;

hokimlikning ish rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshirish choralarini ko‘radi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi, belgilangan tartibda hududlarda hokimning sayyor qabullarini tashkil etadi;

maxfiylik rejimini, davlat sirlari bo‘lgan ma’lumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;

hokimlikning faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi;

boshqaruv apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

  1. Boshqaruv apparatining huquqlari va javobgarligi
  1. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman bo‘linmalaridan boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;

zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, tuman hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman bo‘linmalaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan hokimning hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman bo‘linmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman bo‘linmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman bo‘linmalari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, hokimning hujjatlari va topshiriqlari, uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish.

  1. Boshqaruv apparati:

o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o‘z vaqtida tayyorlanishi;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, hokimning ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tuman hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek, asoslangan xulosalar tayyorlanishi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligiga, xalq deputatlari tuman Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek, kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.

  1. Boshqaruv apparatining tuzilmasi
  1. Boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, hokimning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, tashkiliy- kadrlar guruhi, bosh yuriskonsult, devonxona, hisobxona, axborot xizmati, raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri, ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassis, hokim o‘rinbosarlari va uning mutaxassislaridan iborat bo‘ladi.

Boshqaruv apparatining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori yoki belgilangan tartibda boshqa qonunchilik hujjatlar bilan belgilanadi.

  1. Boshqaruv apparatining ishlari hokim tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va xodimlarning funksional vazifalari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
  2. Hokimning o‘rinbosarlari, hokimning yordamchisi, hokimning ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, tashkiliy-kadrlar guruhi, bosh yuriskonsult, devonxona, hisobxona, axborot xizmati, raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri, ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassis, mutaxassislar o‘z faoliyatida tuman hokimiga bo‘ysunadi.

Mutaxassislar o‘z faoliyatida hokimning tegishli o‘rinbosarlariga ham bo‘ysunadi.

  1. Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishgan holda tuman hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Hokim o‘rinbosarining bosh mutaxassislari, shuningdek, mutaxassislar tuman hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Hokimning yordamchisi va boshqaruv apparatining boshqa xodimlari tuman hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Yuridik xizmat xodimlari (bosh yuriskonsult) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda tuman hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

  1. Boshqaruv apparati faoliyatini tashkil etish
  1. Boshqaruv apparati ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, tuman hokimi va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, hokimlik, tarkibiy bo‘linmalar, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
  2. Tuman hokimi o‘rinbosarlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan hokimlikka quyidagi sohalarda yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha aniq chora- tadbirlar va “Yo‘l xaritalari”ning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan:

a) Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish sohasida:

tegishli vazirlik va idoralarning tuman bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring olib borish;

aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, ularning daromadlari o‘sishini, xarid qobiliyatini oshirishni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

aholining alohida qatlamlarini manzilli himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har bir mahalla kesimida o‘rgangan holda, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish choralarini ko‘rish;

faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tiklash va ishlab turgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

tuman iqtisodiyoti o‘sishiga turtki beradigan soha va yo‘nalishlarni belgilash, tadbirkorlikni shu sohalarda rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tuman iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarining kafolatlangan moliyaviy manbalarini aniqlagan holda tumanning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqilishini va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlash;

iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalar, tijorat banklarining tuman tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlash;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuman bo‘linmalarining, boshqa tashkilotlarning, birinchi navbatda, eksport tuzilmasida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko‘paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;

mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish va ularni jahon hamda mintaqa bozorlariga kiritish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishning ko‘paytirilishini rag‘batlantirish va mahsulotlarning tarkibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish hisobiga band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining turmush darajasi hamda sifatini oshirish;

qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, xususiy mulkning manfaatlarini, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari, kafolatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga zamonaviy hisob- kitoblarni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish;

inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa, aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarni barqaror oshirish manbalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishning yangi mexanizmi va tizimini joriy qilishni tashkil qilish;

aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini doimiy uzluksiz ta’minlash, ayniqsa, kuz-qish mavsumida oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasini yaratish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk obyektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish samaradorligini oshirish;

aholini iste’mol tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko‘rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

chakana va ulgurji savdoni, pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo va xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

b) qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari sohasida:

tumanda qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo‘llash, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, tuman markazi va tumanning bosh rejasini ishlab chiqish va qishloq aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;

kapital qurilishda islohotlarni amalga oshirish, loyihalashning zamonaviy uslublarini joriy etish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, pudratchi tashkilotlar va qurilish industriyasi korxonalarining ishlab chiqarish hamda iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish;

manzilli qurilish dasturiga kiritilgan obyektlar hamda “Obod mahalla” va “Obod qishloq” Dasturlariga muvofiq tanlangan massivlarda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini nazorat qilish, qishloqda zamonaviy loyihalar asosida uy-joy qurish obyektlarining hamda infratuzilma va ijtimoiy soha obyektlarining o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishini ta’minlash;

muhandislik va yo‘l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora- tadbirlarini amalga oshirish;

aholiga transport va aloqa xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etishni ta’minlash;

kommunal sohani isloh qilish, ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi tegishli loyihalarda ishlarning borishini nazorat qilish;

ekologiya sohasini rivojlantirish, aholini sifatli ichimlik suv bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;

aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo‘jaligini rivojlantirish;

tuman markazi, qishloqlar va aholi punktlarini obodonlashtirish, iste’molchilarga sanitar tozalash xizmati ko‘rsatilishi va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;

qishloq aholisining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr ta’minotini yaxshilash choralarini ko‘rish;

d) qishloq va suv xo‘jaligi sohasida:

qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, sohada xususiy sektorni va fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlash;

dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg‘or usullarini joriy etish chora- tadbirlarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish ishlarining hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining bajarilishini muvofiqlashtirish;

qishloq xo‘jaligini, suv xo‘jaligini va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko‘rish;

chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish hamda ularning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni ko‘paytirish;

meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik sohasini rivojlantirishni tashkil etish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora- tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

g) yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

“Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini tashkil etish;

har tomonlama kamol topgan, qat’iy e’tiqodga va qarashlarga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish;

yosh avlodning huquqiy savodxonligini va ijtimoiy faolligini oshirishga, shuningdek, yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etish;

yoshlarning ish bilan bandligi, ularni kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, shuningdek, yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarini hal qilish;

iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish;

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etish, ta’lim jarayoniga xalqaro normalar va talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini, ta’lim standartlarini joriy etish ishlarini amalga oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda shu asosda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand bo‘lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo‘lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to‘laqonli qatnashishlari uchun zarur shart- sharoitlar yaratish;

aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el yetakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;

sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa, eng chekka qishloqlarda xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish bo‘yicha takliflar berish;

aholi o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ‘ibot va tashviqotini tashkil qilish;

aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o‘rganib borish asosida hududda ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish;

aholining ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish, uning doimiy ravishda o‘sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ‘ib qilish;

hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ‘ibot tizimini yo‘lga qo‘yish;

ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta’minlash;

demokratik o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari oldida turgan, shu jumladan, yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yo‘naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, ijtimoiy masalalarni hal etishda mahalla institutining ahamiyati to‘g‘risida aholini, ayniqsa, yoshlarni keng xabardor qilish, shuningdek, eng avvalo, kamol topayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, keksalarga va aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga manzilli yordam berish, ish bilan ta’minlash, odamlarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirishda mahallalaming faoliyatini har tomonlama yoritish bo‘yicha tizimli ishlarni ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tashkil etish;

madaniyat va san’atni rivojlantirish, milliy madaniy, ma’naviy merosni ehtiyotlab asrash hamda ko‘paytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish, uning doimiy ravishda o‘sib borayotgan intellektual, estetik, madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish, shuningdek, madaniyat, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirishni muvofiqlashtirish, takliflar ishlab chiqish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi, diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;

davlat organlarining tumanda joylashgan jamoat tashkilotlari, diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

“Haj” va “Umra” tadbirlarini o‘tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari va urf- odatlariga qarshi yo‘naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g‘oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;

millatlararo totuvlikni va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;

millatlararo do‘stlik prinsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini ko‘rish;

davlat hokimiyati mahalliy organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligini tashkil etish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarni hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga jalb etishga ko‘maklashish;

e) investitsiyalar va tashqi savdoni rivojlantirish sohasida:

tumanga chet el investitsiyalarini jalb qilish, tumandagi investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;

investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy zonalari tashkil etish masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalar, tijorat banklarining tuman tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish;

chet el investitsiyalarini jalb qilish hamda tumanda investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

investitsiyalarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag‘ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish;

hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o‘rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish hisobiga tuman iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi hamda rolini oshirishni ta’minlash;

bo‘sh turgan davlat obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazishda ishtirok etish;

samarasiz foydalanilayotgan obyektlar, ishlab chiqarish maydonlari negizida tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi jarayonlarni tahlil qilish va ularni rivojlantirish;

tumanning yillik investitsiya dasturlarini, shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi loyihalarni shakllantirishda qatnashish va monitoringini amalga oshirish, chet el investitsiyalari, kreditlar, moliyaviy-texnik ko‘maklashish vositalarini jalb qilish uchun investitsiyaviy takliflar yagona bazasini yuritish;

tumanning chet davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xorijiy banklar, fondlar, agentliklar, kompaniyalar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan o‘zaro manfaatli asosda investitsiyaviy hamkorligi yo‘nalishlarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada ilmiy, texnologik salohiyatni, innovatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish;

tumanning iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari konsepsiyasini, shu jumladan, eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;

tumanga bo‘ysunuvchi korxonalarning eksport prognozi ijro etilishi holati bo‘yicha monitoring olib borish, buning asosida ularning eksport faoliyatini tahlil qilish, korxonalar eksportini jadallashtirish hamda rag‘batlantirish bo‘yicha aniq taklif va ko‘rsatmalar kiritish;

tuman korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari hamda ishlab chiqaruvchilar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, kiritish;

j) Oila va xotin qizlar sohasida:

ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifadagi fuqarolar uchun arzonlashtirilgan turar joylarni qurish;

aholining ijtimoiy muhofaza qilinishini ta’minlashga, qonuniylik hamda huquq- tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishini ta’minlash to‘g‘risidagi shikoyat va murojaatlarini ko‘rib chiqish;

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoylar, maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylardan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan, davlat mulki bo‘lgan yotoqxonalardagi, uy-joylardagi hamda ko‘p kvartirali uylardagi bo‘sh turgan kvartiralardan berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash;

xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin- qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo‘llab- quvvatlash;

mehnatga layoqatli, ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish va doimiy yangilab borish;

xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini, shuningdek, xotin qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yangi kasbiy ko‘nikmalarni o‘rganish imkonini beradigan boshqa kurslarni tashkil etish;

xotin-qizlarga uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar ajratish;

mahallalarda bo‘sh turgan binolarni xatlovdan o‘tkazish, tegishli mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ulardan maqsadli foydalanish;

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo‘yicha mahalliy komissiyalar faoliyatini tashkil etish;

huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha hududiy dasturlarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

jinoyatchilik, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga jamoatchilikni keng jalb etish ishlarini tashkil qilish yo‘li bilan qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlari bilan birgalikda fuqarolar orasida jinoyatchilikni va huquqbuzarliklarning oldini olish, shu jumladan, ularni huquqiy madaniyatini oshirish va ma’naviy-axloqiy boyliklarini mustahkamlash yo‘li orqali samarali tashkil etish;

“Xavfsiz mahalla” dasturini bajarilishiga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

oilani mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida qayd etish, targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

nizoli vaziyatlar, shu jumladan, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishni o‘z vaqtida aniqlanishini, bartaraf etilishini va oldi olinishini ta’minlash, ularning oqibatlarini, shuningdek, bunday turdagi xatti-harakatlar sodir etilishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

og‘ir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarga, birinchi navbatda, oilaviy nizolarni hal qilish orqali ta’sirchan yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks dasturlarini tasdiqlash;

jamiyatda oilaviy-maishiy sabablarga ko‘ra sodir etilgan zo‘rlik ishlatishning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabat muhitini shakllantirish maqsadida nizoli vaziyatlarning, shu jumladan, oiladagi nizoli vaziyatlarning erta oldini olish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga amaliy yordam ko‘rsatish;

sog‘lom turmush tarzini yuritish uchun aholining infratuzilma va obyektlarga ehtiyojlarini o‘rganish hamda tahlil qilish;

yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish;

keksa avlod vakillarining ishtirokida o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ularning ongiga singdirish hamda yuksak ma’naviyatli va sadoqatli qilib voyaga yetkazish maqsadida chora-tadbirlarni o‘tkazish;

  1. Boshqaruv apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining vazifalari hamda funksiyalari, tegishli tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlarda, tuman hokim tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarni taqsimlashda belgilanadi.
  2. Boshqaruv apparatini saqlash va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 

Narpay tumani hokimi va uning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi vazifalar

TAQSIMOTI

  1. Quyidagilar tuman hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Tuman hokimi tumanda oliy mansabdor shaxs bo‘lib, ayni bir vaqtda hududda vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Samarqand viloyati hokimi va xalq deputatlari tuman Kengashi oldida hisobdordir. O‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi.

Tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari bilan belgilangan vakolatlar doirasida ijroiya hokimiyati faoliyatini tashkil etadi.

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlari qabul qilgan hujjatlar ijrosini, davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini tumanni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi.

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatiga tashriflarida berilgan topshiriqlar hamda Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarini Narpay tumanidagi ijrosini tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli, “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli qarorlariga muvofiq sektor rahbari sifatida biriktirilgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko‘radi.

Tumanda qonuniylikni, jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi.

Mudofaa, safarbarlik, favqulodda vaziyatlar hamda huquq-tartibot organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bilan bevosita shug‘ullanadi. Harbiy- ma’muriy sektorga rahbarlik qiladi.

Kadrlar siyosatini amalga oshiradi.

Tumanda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi, ta’sirchanligini oshirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishga rahbarlik qiladi.

Tumanda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi.

O‘z vakolatlari doirasida tuman hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.

Tuman hokimligi va tumandagi ijroiya hokimiyati organlarida ijro intizomini mustahkamlash choralarini ko‘radi.

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishni tashkil etadi, ularning shikoyatlari, arizalari hamda takliflarini ko‘rib chiqadi.

Tuman hokimligi apparatini boshqaradi.

Hokimning o‘rinbosarlari, hokimning yordamchisi, hokimning ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, tashkiliy-kadrlar guruhi, bosh yuriskonsult, devonxona, hisobxona, axborot xizmati, raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri, ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassis, mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi.

  1. Quyidagi komissiyalar, kengashlar va ishchi guruhlari ishiga rahbarlik qiladi:

Xalq deputatlari Narpay tuman Kengashi;

tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi;

geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman hududiy komissiyasi;

bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi;

tuman hokimligi odob-axloq komissiyasi;

uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish komissiyasi;

tuman hokimligi boshqaruv apparatining vakant lavozimlariga ochiq va mustaqil tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya;

suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilganlik uchun subsidiya ajratish komissiyasi;

ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha «dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi»ni berish masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiya;

mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi;

tuman kasb-hunar ta’limi Kengashi;

yer munosabatlarini tartibga solish komissiyasi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy kengashlar, komissiyalar va ishchi guruhlar;

  1. Qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida quyidagi tuman tashkilotlari bilan jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish borasida muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi:

Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘linmasi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi;

tuman prokuraturasi (prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va majburiy ijro byurosi);

tuman ichki ishlar bo‘limi (yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi, migratsiya va fuqarolarni rasmiylashtirish bo‘limi);

tuman adliya bo‘limi (tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi, davlat xizmatlari agentligi tuman bo‘limi);

jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi;

tuman mudofaa ishlari bo‘limi;

tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi;

agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman bo‘linmasi.

Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng
muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar
  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda - tuman hokimining birinchi o‘rinbosari)ning vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
  2. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, tuman hokimining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
  3. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
  4. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tuman hokimiga bo‘ysunadi.

Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarini hal qilish bo‘yicha faoliyati Viloyat hokimining tegishli o‘rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.

  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.
  2. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
  1. Quyidagilar tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

-hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash;

-hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;

-hududning belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlash;

-iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari ish faoliyatini muvofiqlashtirish;

-soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, “xufiyona iqtisodiyot”ni kamaytirish choralarini ko‘rish;

-xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanishni ta’minlash;

-ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

-kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;

-respublika byudjetiga yil boshidan tushumlar undirish, mahalliy byudjetiga tushumlar undirish;

  • tashabbusli byudjet jamgarmasiga mablag‘ o‘tkazish;
  • “Yoshlar daftari”ga mablag‘lar ajratish;
  • “Ayollar daftari”da belgilangan maqsadlar uchun mablag‘lar ajratish;
  • ishsiz aholi bandligini ta’minlash;
  • hokim yordamchilari faoliyatining samaradorligini oshirish;
  • “E-qaror” yagona elektron tizimi, Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish elektron tizimlari bilan ishlash va yuritish;
  • aholining turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ularning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash.
  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  1. hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari loyihalari, hududni kompleks rivojlantirish dasturlari hamda “yo‘l xaritalari”ning tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;

respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirish dasturlarining moliyaviy manbalarini aniqlagan holda mahalliy byudjet parametrlari bilan uzviy bog‘liq tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlaydi;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash borasida tegishli vazirlik, idora va tijorat banklarining tuman filiallari faoliyatining aniq ko‘rsatkichlari hamda maqsadli indikatorlarini ishlab chiqadi, natijalarini baholab boradi va ularni yaxshilash choralarini ko‘radi hamda rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish borasida maqbul siyosatni amalga oshirish tizimini joriy etadi;

raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish choralarini ko‘radi;

ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, narx konyunkturasini o‘rganadi va tahlil qiladi, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ular yangi bozorlarda sotilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

  1. hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:

hududda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;

mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlik, shu jumladan, “drayver” loyihalarini amalga oshirishda tashabbuskorlarga ko‘maklashadi va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi;

oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlaridan foydalanish hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini “xonadonbay” o‘rganadi;

band bo‘lmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish orqali, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi kurslarga yo‘naltirish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish borasida amaliy ko‘maklashadi;

yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap loyihalari va g‘oyalarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratilishida ko‘maklashish;

mavjud imkoniyatlarni (bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan yer maydonlari, noruda foydali qazilmalar va bandlikning an’anaviy sohalari) o‘rganish va ulardan samarali foydalanish orqali joylarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash choralarini ko‘radi;

banklarning samaradorlik va daromadlilik tamoyillaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, maslahat berish va biznes-rejalarni tayyorlash uchun bankning quyi bo‘g‘in xodimlarini to‘liq qayta tayyorlash orqali mijozga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish (“mijozbay” ishlash) tizimini takomillashtirish yuzasidan kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;

joylarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun to‘siq bo‘layotgan (qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya tizimlariga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etadi;

mahallalarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash hamda “drayver” loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha har bir sektorlar huzurida sektor rahbarlari boshchiligida tashkil etilgan boshqaruv ofislari va doimiy vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

v) hududlarning belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga erishishini ta’minlash sohasida:

hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlari asoslangan holda ishlab chiqilishini ta’minlaydi; ishlab chiqilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning samarali ijrosini tashkil qiladi;

debitor-kreditor qarzdorliklar yuzaga kelishining oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshiradi, qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etadi;

g) iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari ish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklarining tuman filiallari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qiladi, ular faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli choralarni belgilaydi, ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;

bank tizimi va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh qilish, umumiy qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar hamda baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq ularning barqarorligini oshirish va yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

aholini tadbirkorlikka faol jalb qilish maqsadida ular bilan tijorat banklarining tuman filiallari o‘rtasida tizimli muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirish choralarini ko‘radi;

moliyaviy va sug‘urta xizmatlarining hajmlari, turlarini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini kompleks tahlil qiladi;

d) soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, “xufiyona iqtisodiyot”ni kamaytirish choralarini ko‘rish sohasida:

tuman bo‘yicha respublika byudjeti va mahalliy byudjetga belgilangan soliq tushumlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlaydi;

“xufiyona iqtisodiyot”ni qisqartirish, noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni hamda xususiy sektorda norasmiy bandlikni legallashtirish orqali byudjet tushumlarini oshirish choralarini ko‘radi;

hududning tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib byudjet tushumlarini ko‘paytirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish, byudjetga qo‘shimcha tushum tushirish manbalarini izlab topish choralarini ko‘radi;

tegishli byudjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;

tuman mahalliy byudjeti loyihalari tegishlicha xalq deputatlari Kengashlariga ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etilishini ta’minlaydi;

Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;

qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish to‘g‘risida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar tayyorlaydi va qabul qilish choralarini ko‘radi;

y) xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanishni ta’minlash sohasida:

hududdagi bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni xatlovdan o‘tkazish, ulardan samarali foydalanish, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshirish, investorlar, jumladan, xorijiy investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi bo‘yicha monitoring olib borish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish sohasida takliflar tayyorlaydi;

hududdagi davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini, ushbu korxonalar faoliyatining samaradorligi uchun ularni boshqarish organlari mas’uliyatini oshirishni ta’minlaydi;

xorijiy va xalqaro institutlar hamda kompaniyalar bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlash, shu jumladan, ularning jozibadorligini hamda boshqarish sifatini oshirishni nazarda tutuvchi samarali mexanizmlarini o‘rganish va joriy qilishga qaratilgan doimiy ishlar yuritilishini ta’minlaydi;

hududda joylashgan davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish ishlarini muvofiqlashtiradi, samarali va oshkora xususiylashtirishni ta’minlaydi;

j) ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-

tadbirlarini ishlab chiqish sohasida:

hududda yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish hududiy dasturi ishlab chiqilishini ta’minlash, aholining turmushi sifati va farovonligi darajasini yanada oshirish dasturlarini shakllantiradi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish tizimlarini kuchaytirish choralarini ko‘radi;

demografik omillar va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etishga yo‘naltirilgan aholi bandligini ta’minlashning hududiy dasturlarini shakllantirish, pensionerlar, nogiron shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashga doir manzilli dasturlar va samarali tadbirlarni ishlab chiqish borasida mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishini muvofiqlashtiradi;

bandlik, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash, moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlar, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qiladi;

z) kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab- quvvatlash sohasida:

qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda ular faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash choralarini ko‘radi;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish yuritishi uchun ularni tegishli resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, ularning bank kreditlarini olish, energiya tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi muammolari yechimi yuzasidan choralar belgilaydi, ijrosini doimiy nazorat qilib boradi;

chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, aholini iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;

davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etish choralarini ko‘radi;

tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etadi;

i) aholining turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ularning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash sohasida:

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan tegishli choralarni belgilaydi;

nafaqalar, aholining real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish choralarini ko‘radi;

zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishning yangi mexanizmi va tizimini joriy qiladi;

yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali ularning turmush darajasini va sifatini oshirish choralarini ko‘radi.

k) raqamlashtirishyo‘nalishida:

axborot tizimlari va resurslarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi idoraviy raqamli transformatsiya dasturlarini ishlab chiqish va o‘z vaqtida amalga oshirish;

elektron davlat xizmatlarini mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ko‘rsatishni yanada kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

idoralar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, internet tarmog‘ida ochiq ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni joylashtirib borish bo‘yicha choralar ko‘rish;

idoraviy raqamli infratuzilmaning axborot xavfsizligini, shuningdek, elektron ma’lumotlar va hujjatlarning himoyasini ta’minlash choralarini ko‘radi.

Shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi;

iqtisodiyot va tadbirkorlik yo‘nalishlarida islohotlarni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari

bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi;

hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanish, ularga investitsiyalarni keng jalb etgan holda davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish choralarini ko‘radi;

tuman hokimining birinchi o‘rinbosariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi hamda yil yakunlari bo‘yicha ularning faoliyatini baholab boradi;

tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

belgilangan tartibda o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hududni iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasida kompleks rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;

hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini ishlab chiqish, ijrosini doimiy tahlil qilib borish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish;

iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;

vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari, tumanning iqtisodiy- ijtimoiy hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish;

Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish borasida tegishli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;

qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda ular faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish yuritishi uchun tegishli resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, ularning o‘z faoliyatini boshlashlari uchun belgilangan tartibda bank kreditlarini olish, elektr energiyasi tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi muammolarini hal etish yuzasidan choralar belgilash hamda ijrosini nazorat qilish.

  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ushbu Nizomning 8- va 9-bandlarida o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.

Tuman hokimligi apparatida har oyda bir kun ijro intizomining holatini muhokama qilib boradi.

  1. Biriktirilgan sohalarda kadrlarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi, majmuaga kiradigan tashkilotlardagi rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar beradi.
  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq, tuman hokimining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Ushbu ish rejalari asosida tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining hisoboti tuman hokimining tezkor yig‘ilishlarida har haftada eshitib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining tegishli hisobotlari tuman xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.

  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishi choralarni ko‘rish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
  2. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari faoliyatini ta’minlash bosh mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.
  1. Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining bosh mutaxassisi

Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining bosh mutaxassisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va tuman hokimining hujjatlariga amal qiladi.

Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining bosh mutaxassisi o‘z faoliyatini tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.

Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining bosh mutaxassisi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

bo‘linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi;

o‘ziga tegishli sohalar bo‘yicha ish yuritadi, ishlar nomenklaturasini tashkil etadi, yuqori tashkilotlardan yo‘naltirilgan hujjatlarni tuman hokimligining soha bo‘yicha qabul qilgan qaror, farmoyishlari hamda o‘rinbosarga yuborilgan ariza va shikoyatlarni o‘rganib chiqadi, umumlashtiradi, nazoratdan chiqarishni tashkil etadi;

Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida va tuman faollarining yig‘ilishlarida soha bo‘yicha bildirilgan tanqidiy fikr va mulohazalarni umumlashtirib, hokimlik yig‘ilishiga kiritish uchun qarorlar, yig‘ilish bayonlari va chora-tadbirlar loyihalarini tayyorlaydi;

tuman hokimining qarorlari, farmoyishlari, tuman hokimligi yig‘ilishlari qarorlarida belgilangan topshiriqlarning bajarilishi monitoringini olib boradi va muntazam birinchi o‘rinbosarga axborot berib boradi;

tuman hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan, har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;

tuman hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarni tashkillashtiradi.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib
boriladigan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari

RO‘YXATI

Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi.

Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi.

Tuman g‘aznachilik bo‘linmasi.

Tuman byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi.

Tuman soliq inspeksiyasi.

Tuman statistika bo‘limi.

Tuman Oqtosh pochta aloqa bog‘lanmasi

Xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari Respublika “Hunarmand” uyushmasi tuman bo‘limi.

Davlat ulushiga ega bo‘lgan barcha tijorat banklarining tuman filiallari.

Boshqa tijorat banklarining tuman filiallari - bank tizimi barqarorligini ta’minlash, isloh qilish, xorijiy kreditlar va qarzlarga xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan.

Vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarning tuman bo‘linmalari - iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi
ta’minlanadigan tashkilotlarning tuman bo‘linmalari

RO‘YXATI

Tuman tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tuman bo‘limi.

“Mirbozor bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati

“Oqtosh dehqonobod” dehqon bozori mas’uliyati cheklangan jamiyati.

 

Tuman hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya
va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional
vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari
to‘g‘risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar
  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, (keyingi o‘rinlarda - tuman hokimining o‘rinbosari)ning vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
  2. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining hujjatlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, tuman hokimining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
  3. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
  4. Tuman hokimining o‘rinbosari tuman hokimiga bo‘ysunadi.

Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarini hal qilish bo‘yicha faoliyati viloyat hokimining tegishli o‘rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.
  2. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
  1. Tuman hokimining o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
  1. Quyidagilar tuman hokimining o‘rinbosari asosiy vazifalari hisoblanadi:

qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish kapital qurilish sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy- joy va infratuzilma obyektlarini qurish ishlarining sifatini yangi darajaga ko‘tarish;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida har bir hududning o‘ziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda qishloq va mahallalarni kompleks hamda jadal rivojlantirish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari, shuningdek, pochta aloqasi va arxiv obyektlarining samarali faoliyatini tashkil etish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash;

aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, hududning sanitariya va ekologik vaziyatini yaxshilash;

investitsiya dasturlaridagi belgilangan vazifalarning bajarish;

yo‘llarning sifatli ta’mirlash va saqlash;

mavjud chiqindi qutilari va ularning xolatini doimiy nazorat qilib borish;

yashil bog‘lar tashkil etish va ekilgan ko‘chatlarni avaylab asrash;

hududlardagi qabristonlarni ozoda saqlash;

“E-qaror” yagona elektron tizimi, “E-auksion” elektron tizimlari bilan ishlash va yuritish;

aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyani amalga oshiradi:

a) kapital qurilish industriyasi sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy- joy va infratuzilma obyektlari qurish ishlarining sifatiniyangi darajaga ko‘tarish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladigan shaharsozlik faoliyati, shuningdek, kapital qurilish va pudrat ishlari sohasida islohotlar va siyosatning amalga oshirilishini tizimli hamda kompleks o‘rganishni tashkil etadi;

shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, shuningdek, muhim obyektlar, shu jumladan, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta’minlaydi, mavjud muammolarni aniqlab, ularni hal etish choralarini ko‘radi;

ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, tender jarayonlarini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazish hamda moliyalashtirishni o‘z vaqtida ochish ishlarini tashkil qiladi;

ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) doirasida byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil qiladi;

har yili qabul qilinadigan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlari loyihalarini shakllantirish jarayonida hududdagi mavjud holatni to‘g‘ri va to‘liq tahlil qilgan holda, vakolatli organlarga asoslangan takliflar kiritib boradi;

investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish jarayonida yirik investitsiya loyihalarini kerakli infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanganlik darajasini tuman investitsiya va tashqi savdo bo‘limi bilan birgalikda tahlil qilib, asoslangan takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;

qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy qurish dasturiy hujjatlarini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

yirik ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish, pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtiradi;

hududiy davlat organlari va tashkilotlari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, hokim o‘rinbosari vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hukumat komissiyalari hamda kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

vakolatli davlat organlarini jalb qilgan holda, obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir loyiha qidiruv tashkilotlari faoliyatining monitoringi olib borilishini hamda nazorat qilinishini tashkil etadi;

obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati yuzasidan texnik nazorat, shuningdek, mualliflik nazoratining amalga oshirilishi holatini o‘rganadi;

qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlarining tizimli monitoringini amalga oshiradi hamda natijalari bo‘yicha obyektlarda qurilish- ta’mirlash ishlaridagi mavjud qoloqliklarni bartaraf etish, qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, obyektlarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan choralar ko‘radi;

qurilishda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda, yangi konstruktiv yechimlar qo‘llanilishini o‘rganadi va tahlil qiladi, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

qurilish tarmog‘ini jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish, salohiyatli xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda, qurilish materiallarini ishlab chiqarishga zamonaviy ilg‘or, energiyadan samarali foydalanadigan va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shu asosda tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, shunday mahsulotlarni import qilishni bosqichma-bosqich qisqartirish ishlarini tashkil etadi;

b) “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida har bir hududning o‘ziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda qishloq va mahallalarni kompleks va jadal rivojlantirish sohasida:

qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, yo‘l- transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari bo‘yicha har yilgi tasdiqlanadigan asosiy parametrlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq choralar belgilaydi;

v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari, shuningdek, pochta aloqasi va arxiv obyektlarining samarali faoliyatini tashkil etish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi va “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq aholi maskanlari, binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda rivojlantirishda belgilangan normativlarga muvofiq telekommunikatsiya vositalari va pochta aloqasi obyektlarini joylashtirish nazarda tutilishini ta’minlaydi, telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasi obyektlarida ro‘y bergan hodisalar oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashadi;

“Xavfsiz shahar” loyihasini joriy etish doirasida tizimni muhandislik- kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash va rivojlantirish uchun zarur shart- sharoitlar yaratadi;

O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat va idoraviy arxivlar hujjatlarining saqlanishi uchun tegishli darajadagi shart- sharoitlarni ta’minlash, ularning holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish choralarini ko‘radi va arxivlarni moliyalashtirish miqdorini aniqlaydi;

g) transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash sohasida:

transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etadi;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasining faoliyati masalalarida davlat organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;

raqobat muhitini shakllantirish, sohaga davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy- texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni tashkil etadi;

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini rivojlantirish hududiy dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishgan holda ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini joriy ta’mirlash, saqlash (shu jumladan, yoritish tizimlarini o‘rnatish), obodonlashtirishni tashkil etadi hamda hisobini yuritadi;

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, qishloqlar va ovullarning yo‘l- transport va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirishni davlat xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshiradi;

d) aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, hududning sanitariya va ekologik vaziyatiniyaxshilash sohasida:

kommunal xo‘jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etadi;

kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga xorijiy investitsiyalar va innovatsion g‘oyalar, texnologiyalarni jalb etish hamda kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ishonchli boshqaruvga berish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

aholi punktlarini rivojlantirish sxemalariga va bosh rejalariga muvofiq suv ta’minoti,

kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

hududdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini zamonaviy hisobga olish asboblari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni ta’minlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qo‘llashni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, ko‘p kvartirali, shu jumladan, eskirgan va avariya holatidagi uy- joylar holatini xatlovdan o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiradi;

ko‘p kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini obodonlashtirish, ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, ko‘p kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;

issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qiladi, ushbu soha tashkilotlarining faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, davlat organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;

chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududda sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini qisqartirish va xo‘jalik faoliyatiga jalb etilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarining so‘zsiz, sifatli bajarilishi, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan uzoq, o‘rta, qisqa muddatli hududiy ekologik dasturlarni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtiradi;

kanallarni sanitar tozalashni kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitariya, ekologik norma va qoidalarga muvofiq obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda qirg‘oq bo‘ylarida zamonaviy landshaft me’morchiligi usullarini qo‘llagan holda rekreatsion hududlarni shakllantiradi;

y) davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish va chegarabo‘yi muammolarini hal qilish hamda aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish

O‘zbekiston Respublikasining chegara bo‘yi hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har tomonlama va chuqur o‘rganilishini tashkil etadi, davlat chegarasini muhandislik texnik jihatdan jihozlash bilan bog‘liq kompleks chora- tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi:

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

hududni, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik sohalarini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;

sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida tuman hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi hamda yil yakuni bo‘yicha ularning faoliyatini baholab boradi;

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari huquqlari va javobgarligi
  1. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik sohasida hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dastur hamda “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;

qurilish sohasini jadal rivojlantirish, jumladan, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini har yilgi maqsadli parametrlarini ishlab chiqish, ijrosini tahlil qilib borish, mavjud muammolar yechimi yuzasidan tezkor choralar ko‘rish;

qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalarning hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;

ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kommunal soha tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini tashkil etish;

ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, kommunal soha tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ishonchli boshqaruvga berish hamda hududda sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish bo‘yicha vakolati doirasida zarur choralarni ko‘rish;

qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar va ko‘p qavatli uy- joylar qurilishi bo‘yicha tasdiqlangan dasturlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari ushbu Nizomning 8- va 9-bandlarida o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.

Tuman hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.

  1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan tegishli choralarni belgilaydi.
  1. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
  1. Tuman hokimining o‘rinbosari ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq, tuman hokimining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Ushbu ish rejalar asosida tuman hokimi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi va tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tuman hokimi o‘rinbosarining hisobotlari tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyati tegishli mutaxassislar tomonidan ta’minlanadi.
  1. Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari mutaxassislarining asosiy vazifalari

Bosh mutaxassisi:

Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining bosh mutaxassisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va tuman hokimining hujjatlariga amal qiladi.

Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining bosh mutaxassisi o‘z faoliyatini tuman hokimining qurilish. kommimikatsiyalar. kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.

Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining bosh mutaxassisi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi hamda tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi.

Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

bo‘limning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi;

o‘ziga tegishli sohalar bo‘yicha ish yuritadi, ishlar nomenklaturasini tashkil etadi, yuqori tashkilotlardan yo‘naltirilgan hujjatlarni tuman hokimligining soha bo‘yicha qabul qilgan qaror, farmoyishlari hamda o‘rinbosarga yuborilgan ariza va shikoyatlarni o‘rganib chiqadi, umumlashtiradi hamda nazoratdan chiqarishni tashkil etadi;

tuman Kengashi sessiyalarida va tuman faollarining yig‘ilishlarida soha bo‘yicha bildirilgan tanqidiy fikr va mulohazalarni umumlashtirib, hokimlik yig‘ilishiga kiritish uchun qarorlar, yig‘ilish bayonlari va chora-tadbirlar loyihalarini tayyorlaydi;

tuman hokimining qarorlari, farmoyishlari, tuman hokimligi yig‘ilishlari qarorlarida belgilangan topshiriqlarning bajarilishi monitoringini olib boradi va muntazam birinchi o‘rinbosarga axborot berib boradi;

tuman hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan, har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;

Yetakchi mutaxassisi

Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari yetakchi mutaxassisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va tuman hokimining hujjatlariga amal qiladi.

Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari yetakchi mutaxassisi o‘z faoliyatini tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va o‘rinbosarning bosh mutaxassisi rahbarligida amalga oshiradi.

Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining yetakchi mutaxassisi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni hamda ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida bosh mutaxassisga, shuningdek, belgilangan tartibda hokimning o‘rinbosariga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora- tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyat hokimining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

tuman hokimi yoki uning o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan, har haftalik apparat yig‘ilishlarida va o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

o‘rinbosarga aloqador bo‘lgan masalalar bo‘yicha tuman hokimligiga murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, taklif va shikoyatlarini belgilangan tartibda o‘rganadi hamda hal qilish choralarini ko‘radi;

tuman hokimining o‘rinbosari boshchiligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarni tashkillashtiradi.

Tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladigan
davlat va organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari

RO‘YXATI

Tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi.

Tuman hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasi

“Samarqand suv ta’minot” MChJ Narpay tumani filiali.

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Narpaytumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi.

Narpay tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi.

Narpay tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi.

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi.

Kadastr agentligining Narpay tumani bo‘limi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi davlat kadastlar palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi Narpay tuman filiali.

Narpay tumani telekommunikatsiya bog‘lanmasi

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi

Tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan
tashkilotlarning tuman bo‘linmalari

RO‘YXATI

“Anvarjon biznes invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati

 

Tuman hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha
o‘rinbosarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim
samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar
  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuman hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda - tuman hokimining o‘rinbosari)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
  2. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, tuman hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
  3. Tuman hokimining o‘rinbosarining o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda xalq deputatlari tuman Kengashi oldida hisobdordir.
  4. Tuman hokimining o‘rinbosari tuman hokimiga bo‘ysunadi. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarini hal qilish bo‘yicha faoliyati viloyat hokimining tegishli o‘rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
  5. Tuman hokimi o‘rinbosari faoliyatining natijadorligi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida belgilangan tartibda baholanadi.
  6. Tuman hokimining o‘rinbosari tumandagi qishloq va suv xo‘jaligi majmuasidagi korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
  7. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
  1. Tuman hokimi o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari.
  1. Quyidagilar tuman hokimi o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini tashkil etish;

qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish;

yangi intensiv bog‘lar, uzumzor va issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlash;

yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejovchi va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish;

qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurslarni tejaydigan va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish;

tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun talab etiladigan mineral o‘g‘itlar miqdorini belgilash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik va zararkunanda hasharotlardan himoya qilish;

o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish;

veterinariya xizmatini ko‘rsatish hamda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini tashkil etish;

dehqonchilik mahsulotlari o‘sish sur’atini jadallashtirish;

chorvachilik mahsulotlarining o‘sish sur’ati jadallashtirish;

baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini o‘sish sur’ati jadallashtirish;

meva-sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish;

maydonlarga suv tejovchi texnologiyalar joriy etish;

tomorqa faoliyatining o‘sish sur’atlari;

go‘shtni va sutni qayta ishlash darajasi oshirish;

“E-qaror” yagona elektron tizimi, “Edo.ijro.uz” idoralararo hujjat aylanish tizimi, “Agroplatforma.uz” elektron tizimlari bilan ishlash va yuritish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish va qishloq joylarda savdo va pulli xizmatlarni tashkil etish.

  1. Tuman hokimi o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  1. agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini tashkil etish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853- son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030- yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan ustuvor vazifalarga muvofiq hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish dasturlariga takliflar ishlab chiqadi;

agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini tashkil etadi;

qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirish loyihalarini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi sohasining barcha tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha tuman hokimining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqadi;

  1. qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish sohasida:

har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoitlari, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligini inobatga olgan holda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘liq ekilishini, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini hamda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan belgilangan hosil yetishtirilishini tashkil etadi;

paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning yangi shakllarini joriy etadi;

agrosanoat klasterlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, klasterlar modelidagi tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini ko‘radi;

qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish, jumladan, meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va sotish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshiruvchi qishloq xo‘jaligi birlashmalarini tashkil etadi;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya va fyuchers shartnomalari bajarilishini hamda hisob-kitoblarini o‘z vaqtida amalga oshirilishini tashkil qiladi;

v) yangi intensiv bog‘lar, uzumzor va issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlash sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan intensiv bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan uzumzorlar barpo etish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

g) yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga

oshiradi;

yer resurslaridan belgilangan maqsadlarda oqilona va samarali foydalanishni, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

yer tuzish, yer monitoringi o‘tkazilishi va davlat yer kadastrini yuritish ishlarini tashkil etadi;

yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari hamda boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish ishlarini tashkil etadi;

yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda bekor qilish jarayonlarini muvofiqlashtiradi;

d) suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5005- son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlaydi;

suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv olish limitlarini belgilash, suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish hamda suvdan foydalanish, suv iste’moli bo‘yicha tartib ijrosini, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarda meliorativ nazoratni tashkil qiladi;

suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash- tiklash hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha hududiy dasturlarni shakllantiradi, ularning ijrosini tashkil qiladi;

suvni tejovchi sug‘orish texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni shakllantiradi va ijrosini ta’minlaydi;

suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy holatini yaxshilash va rivojlantirishga ko‘maklashadi, fermer xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari hamda boshqa suv iste’molchilari bilan ularning shartnomaviy munosabatlarini tashkil qiladi;

suv iste’molchilari uyushmalari va suvdan foydalanuvchilar hisobidagi sug‘orish tarmoqlari, ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holatini yaxshilash, suv olish joylarini suvni boshqarish hamda hisobga olish vositalari bilan jihozlashni, suvning hisobi, shuningdek, hisoboti yuritilishini ta’minlaydi;

suv va suv xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalari va sohilbo‘yi mintaqalarini tashkil qilish, ajratilgan yerlardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi;

investitsiya dasturlari doirasida suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash bo‘yicha loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun zarur choralarni ko‘radi hamda foydalanishga topshirilgan obyektlardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni tashkil qiladi;

y) qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurslarni tejovchi va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish sohasida:

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga resurslarni tejovchi va innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga ko‘maklashadi, qishloq xo‘jaligi ekinlarining istiqbolli, intensiv hamda serhosil navlarini ekishni tashkil etadi;

innovatsion ishlanmalar, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga joriy etadi;

agrar sektorga investitsiyalarni jalb etish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish choralarini ko‘radi;

j) tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun talab etiladigan mineral o‘g‘itlar miqdorini belgilash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik hamda zararkunanda hasharotlardan himoya qilish sohasida:

har bir tumandagi qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining tuproq unumdorligi va belgilanadigan ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun talab etiladigan mineral o‘g‘itlar, o‘sishni boshqaruvchi vositalar hamda kimyoviy preparatlar miqdorini belgilaydi;

mutasaddi tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini oziqlantirish uchun mineral o‘g‘itlar, o‘sishni boshqaruvchi vositalar va o‘simliklarni himoya qiluvchi zarur kimyoviy preparatlar bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘radi;

mavjud biolaboratoriyalarning to‘la quvvat bilan ishlashini tashkil etadi, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi birinchi navbatda biologik va kimyoviy kurashish tadbirlarini tashkil etadi;

z) o ‘rmon xo ‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, o ‘rmon xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirish hajmlarini oshirish sohasida:

o‘rmonlarning davlat hisobi va davlat o‘rmon kadastri yuritilishini ta’minlaydi;

o‘rmonlar holatiga zarar yetkazilgan hollarda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish, shuningdek, tugatish to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqadi;

viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi bilan birgalikda hududdagi o‘rmon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshirilishini nazorat qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda o‘rmon fondi yerlarida ekoturizmni rivojlantirish, turistik yo‘nalishlar va zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha ishlab chiqilgan hududiy dasturlar ijrosini tashkil qiladi;

i) veterinariya xizmatini ko‘rsatish hamda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini tashkil etish sohasida:

veterinar osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘radi va epizootiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;

ichki iste’mol bozorini sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxum, baliq hamda asal mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, mahsulotlar narxining barqarorligini saqlash maqsadida zamonaviy chorvachilik komplekslarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi; chorva mollari bosh sonini, go‘sht, sut, tuxum, baliq va asal ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlaydi;

chorvachilik xo‘jaliklaridagi mavjud chorva mollari uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishning holatini o‘rganadi va samarali foydalanish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi;

parrandachilik, baliqchilik va pillachilik tarmoqlarida klaster usulini joriy

etadi;

suv tanqisligi sharoitida sun’iy suv havzalariga boshqa manbalardan qo‘shimcha suv berish choralarini ko‘radi;

asalarichilik xo‘jaliklarini o‘rmon fondi yerlariga, tog‘ va tog‘oldi hududlarga, tabiiy pichanzor va yaylovlarga hamda qishloq xo‘jaligi yerlariga joylashtirish choralarini ko‘radi;

fermer xo‘jaliklarining dala atroflariga tut ko‘chatlarini ekish, intensiv tutzorlar barpo etish va parvarishlashni tashkil etadi va pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi;

k) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish va qishloq joylarda savdo va pullik xizmatlar tashkil etish sohasida:

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmlarini hamda oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlaydi;

savdo va pulli xizmatlarni rivojlantirish sohasida iqtisodiy islohotlar tizimli amalga oshirilishini ta’minlash choralarini ko‘radi;

oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko‘rgazmalar faoliyati monitoringini olib boradi, qishloq aholisini talab etiladigan oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlash hamda pulli xizmatlar ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi, ijrosini ta’minlaydi;

tuman aholisini qish-bahor davrida uzluksiz taminlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini zaxiraga g‘amlash bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar ijrosini tashkil etadi;

hududda omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovitish kameralarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya, modernizatsiya qilish hisobiga meva- sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi;

dehqon bozorlari faoliyatini tartibga solish choralarini ko‘radi;

hudud aholisini, shu jumladan, qish-bahor oylarida borish qiyin bo‘lgan olis va cho‘l zonalarida yashaydigan aholiga, shuningdek, ijtimoiy soha muassasalariga oziq-ovqat mahsulotlari ishonchli va uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;

hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni ta’minlash borasida tegishli korxonalar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining hududiy tuzilmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi;

qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tashkil etadi;

qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tegishli idoralar, xo‘jalik birlashmalari hududiy tuzilmalarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;

tegishli tashkilotlar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarning hududiy tuzilmalari rahbarlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;

tegishli tuman komissiyalariga (kengashlar, guruhlarga) rahbarlik qiladi, tuman hokimi ishtirokidagi komissiyalar (kengashlar, guruhlar) ishini tashkil etadi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi viloyat komissiyalari qarorlari ijro etilishini ta’minlaydi;

belgilangan tartibda o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

  1. Tuman hokimi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
  1. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hududda qishloq xo‘jaligi sohasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;

tuman hokimligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish, ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish;

tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan tuman hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;

qishloq, suv, o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish, chorvachilik masalalarini tashkilot rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqilishi, muhokama qilinishini tashkil etish;

tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

tuman hokimligi topshiriqlarining tashkilotlar tomonidan bajarilishini o‘rganish.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari ushbu Nizomning 8- va 9-bandlaridagi o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.

Tuman hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021- yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11- apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z vazifalari va funksiyalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
  2. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan tegishli choralarni belgilaydi.
  3. Biriktirilgan sohalarda kadrlarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi, majmuaga kiradigan tashkilotlardagi rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar beradi.
  1. Tuman hokim o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
  1. Tuman hokimining o‘rinbosari ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq tuman hokimining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Ushbu ish rejalar asosida tuman hokimi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi va tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Tuman hokimi o‘rinbosarining hisoboti tuman hokimining tezkor yig‘ilishlarida har haftada eshitib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tuman hokimi o‘rinbosarining hisobotlari xalq deputatlari tuman Kengashi majlisida eshitiladi.

  1. Tuman hokimi o‘rinbosari faoliyatining samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishli choralarni ko‘rish Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
  2. Tuman hokimi o‘rinbosari faoliyatini ta’minlash tegishli bosh mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.
  1. Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va tuman hokimining hujjatlariga amal qiladi.

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi o‘z faoliyatini tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi;

tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

majmuaning barcha tashkiliy ishlarini bajarilishini nazorat qiladi va ta’minlaydi;

hujjatlarni muddatida, sifatli tayyorlanishini, qo‘yilgan vazifa, topshiriqlarni joyiga aniq va zudlik bilan yetkazilishini amalga oshiradi;

tuman hokimining o‘rinbosarining topshiriq va ko‘rsatmalarini bajaradi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tuman hokimligi yig‘ilish bayonlari ijrosini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;

tuman hokimining sohaga aloqador qaror va farmoyishlari loyihalarini tayyorlaydi;

majmua ish dasturi, rejalarini tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshirilishini nazorat qiladi;

chorvachilik, baliqchilik va pillachilik, suvdan foydalanish, irrigatsiya sohasi korxona va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

ish taqsimotiga ko‘ra majmua faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni eng muhim yo‘nalishlari, yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda irrigatsiya tadbirlarini doimiy ravishda bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar asosida ish olib borib, har oylik rejasini tuzadi;

qishloq xo‘jaligida yangi mulk egalari va fermerlik harakatini qo‘llab quvvatlash choralarini ko‘rib boradi;

Tuman hokimining o‘rinbosari boshchiligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarni tashkillashtiradi.

Tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib
boriladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy va tarmoq
bo‘linmalari

RO‘YXATI

Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi.

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Narpay tumani bo‘limi.

Tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi.

O‘simliklar karantini va himoyasi inspeksiyasi tuman bo‘limi.

Tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari

RO‘YXATI

“Maroqand sifat” mas’uliyati cheklangan jamiyati

“Samarqand Silk AO” mas’uliyati cheklangan jamiyati

“-Maroqandsifat-” mas’uliyati cheklangan jamiyati

Paxta va g‘alla klasterlari

Kadastr agentligi tuman bo‘limi (yer resurslari yo‘nalishida).

 

Tuman hokimining o‘rinbosari - tuman investitsiyalar va tashqi savdo
bo‘limi boshlig‘ining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim
samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar
  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuman hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda - tuman hokimining o‘rinbosari)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
  2. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashining qarorlariga, tuman hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
  3. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
  4. Tuman hokimining o‘rinbosari tuman hokimiga bo‘ysunadi.

Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarini hal qilish bo‘yicha faoliyati viloyat hokimining tegishli o‘rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida belgilangan tartibda baholanadi.
  2. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
  1. Tuman hokimi o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
  1. Quyidagilar tuman hokimining o‘rinbosari asosiy vazifalari hisoblanadi:

investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali o‘zlashtirish;

hududning eksport salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash;

ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnikaviy va innovatsion rivojlanishni ta’minlash;

erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish hamda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish;

investitsiya dasturlaridagi belgilangan vazifalarning bajarish;

sanoat mahsulotlarini eksport qilish;

meva-sabzavotlar va poliz ekinlarini eksport qilish;

yangi loyihalarni ishga tushirish bilan ish o‘rinlari yaratish;

“E-qaror” yagona elektron tizimi, “Edo.ijro.uz” elektron tizimlari bilan ishlash va yuritish;

kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali o‘zlashtirish sohasida:

investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi;

investitsiya faoliyati yo‘nalishida hududda boshqaruv tizimini, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish sohasida hududda davlat organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, xorijiy investorlarni hududning imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-

quvvatlashga qaratilgan ishlarni rag‘batlantiradi;

investitsiya dasturlarini, jumladan, hududiy dasturlarni shakllantirish, jalb etilgan mablag‘larni o‘zlashtirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

har haftaning chorshanba kuni hudud bo‘yicha “Investitsiya kuni” tadbirlarini o‘tkazish ishlarini tashkil etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, salohiyatli investorlarni aniqlash va ular bilan muzokaralar o‘tkazish, investorlarning muammolarini hal qilish bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;

investitsiya loyihalari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, investor tomonidan o‘zining investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilishini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokida investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish orqali jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, investitsiya dasturlarini amalga oshirishning sifat va samaradorlik mezonlariga asoslangan baholash tizimini amalda tatbiq etadi;

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchilari va konsullari bilan yaqin hamkorlikda hududda ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ishlar (xizmatlar) eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish, hududning savdo- iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va ilmiy texnik imkoniyatlarini mustahkamlash choralarini ko‘radi;

xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan investitsiya muhiti, shu jumladan, investitsiya kiritish jarayonining asosiy tartib-taomili masalalari, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari to‘g‘risidagi axborotni salohiyatli investorlar va kreditorlarga yetkazadi;

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida loyiha institutlari hamda respublika tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etadi;

hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoji, oldindan hisob- kitob qilingan aniq loyihalar hamda salohiyatli investorlar uchun qiziqish uyg‘otadigan boshqa axborot aks ettirilgan hududning interfaol investitsiya xaritasini ishlab chiqish hamda uning faoliyatini ta’minlash ishlarini

muvofiqlashtiradi;

moliyalashtirishning turli manbalari, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan hududning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasini yuksaltirish hamda muvozanatli rivojlantirish sur’atlarining investitsiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojlar bilan bog‘liqligini ta’minlashga doir takliflarni ishlab chiqadi;

investitsiya dasturlari doirasida mablag‘lar jalb etilishi hamda o‘zlashtirilishi bo‘yicha belgilangan prognoz parametrlarning bajarilishi uchun tizimli va qat’iy nazoratni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini kompleks tahlil qilish hamda monitoring davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;

hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini hamda muntazam yangilanishini ta’minlaydi;

b) hududning eksport salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash sohasida:

hududning eksport salohiyatini kengaytirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash, korxonalarning, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

hududiy eksport shtablarining faoliyatini boshqaradi, hududiy korxonalarning eksport mahsulotlari va eksportchilari bo‘yicha ma’lumotlar bazasining yuritilishini ta’minlaydi, mahalliy korxonalarga eksportni tashkil etishda ko‘maklashadi;

hududiy korxonalar eksport prognozining bajarilishi holati bo‘yicha monitoring olib borish, buning asosida ularning eksport faoliyatini tahlil qilish va korxonalar eksportini jadallashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqadi;

hududiy korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini o‘rganish asosida ularning mavjud eksport zaxiralarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi;

hududiy korxonalarga eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha savdo- sanoat ko‘rgazmalari, yarmarkalar, forumlar, taqdimotlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishda ko‘maklashadi, shunday tadbirlarni hududda tashkil etadi va o‘tkazadi;

eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, tijorat banklarining eksportoldi kreditlari bo‘yicha kompensatsiya taqdim etishni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;

v) ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanishni ta’minlash sohasida:

hududda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanishni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi, ilm- fan, innovatsion faoliyat va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani kuchaytiradi;

hududda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish asosida hududning ilmiy salohiyatini va innovatsion rivojlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari bilan hamkorlikda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda innovatsiyalar va ilg‘or yuqori texnologiyalarni joriy qilish uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan izchil chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

hududning barcha tumanlarida innovatsion faoliyatni yuritish, yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

ilm-fan sohasini va innovatsion rivojlantirishga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish, shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur investitsiyalarni jalb etadi;

hududda innovatsion infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan ilmiy tajriba tashkilotlari, yuqori texnologiyalar markazlari va texnologik parklar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishni ta’minlaydi;

yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga jalb qilish, yosh olimlarning ilmiy va innovatsion ishlanmalarini ishlab chiqarishga joriy etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;

respublika olimlarining ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari portfelini shakllantiradi;

  1. erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish hamda eksportbop va import o ‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish sohasida:

hududda erkin iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda samaradorligini tahlil qiladi, erkin iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab bo‘lgan va import o‘rnini bosuvchi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashadi;

sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi, shu jumladan, mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha hududdagi erkin iqtisodiy zonalarda joylashtirilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini va tahlil qilinishini tashkil etadi;

investitsiya loyihalarini tahlil qilishda, erkin iqtisodiy zonalar hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

erkin iqtisodiy zonalarni, hududning mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatini hisobga olgan holda, mahalliy xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish hamda ulardan foydalanish asosida ularda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan loyihalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar va dasturlarni shakllantiradi;

erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;

  1. kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish sohasida:

kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, mahalliy tadbirkorlik subyektlarini jalb etish masalalarida faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda samaradorligini tahlil qiladi, kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlariga raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishda ko‘maklashadi;

kichik sanoat zonalarini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etishda ko‘maklashadi, zarur infratuzilma obyektlarini rivojlantirish orqali ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;

hududlardagi foydalanilmayotgan korxonalar negizida va bo‘sh turgan yer uchastkalarida tashkil etilgan kichik sanoat zonalariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etadi;

kichik sanoat zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish, tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;

kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ta’minlaydi.

Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi:

investitsiya dasturlarini amalga oshirishda, jumladan, hududiy dasturlarni shakllantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish sohasida hududda davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

xorijiy investitsiyalarni jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va preferensiyalar berish, tadbirkorlik subyektlariga eksportda ko‘maklashish sohasida vazirliklar, idoralar, respublika tashkilotlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

hududning eksport salohiyatini oshirish, hududiy korxonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish bo‘yicha

manzilli dasturlar ko‘rsatkichlarining ijrosini ta’minlaydi;

yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga jalb qilish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish hamda innovatsiyalar va ilg‘or yuqori texnologiyalarni joriy qilish uchun zarur shart-sharoit yaratadi;

hududda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etishga ko‘maklashish, ularda zarur infratuzilma obyektlarini rivojlantirish orqali samarali foydalanishni ta’minlaydi;

oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalarining (“yo‘l xaritalari”) bajarilishini ta’minlaydi va tizimli nazoratini olib boradi;

investitsiyalar, eksport va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish masalalarida sayyor (ochiq) majlislarni tizimli o‘tkazadi.

  1. Tuman hokimi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
  1. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish, vakolati doirasiga kiruvchi sohalarning samarali ishlashi hamda ularni rivojlantirish bo‘yicha tegishli davlat boshqaruvi organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;

biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik birlashmalarining hududiy tuzilmalarining majlislarida, shuningdek, tuman hokimi topshiriqlari bo‘yicha - boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar hududiy tuzilmalarining o‘zi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;

oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejalariga (“yo‘l xarita”lariga) kiritish uchun biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, tegishli tarmoq korxonalari va hududlarning muammoli masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash;

davlat boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning hududiy tuzilmalari rahbarlari hamda vakillarini hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtincha ishchi guruhlar tuzish.

11. Tuman hokimining o‘rinbosari ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.

Tuman hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021- yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881- son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.

  1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan tegishli choralarni belgilaydi.
  1. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
  1. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliydavlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq, Tuman hokimining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Ushbu ish rejalar asosida tuman hokimi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish

rejalari ishlab chiqiladi hamda tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari hisoboti tuman hokimining tezkor yig‘ilishlarida har hafta eshitib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tuman hokimi o‘rinbosarining hisobotlari xalq deputatlari tuman Kengashi majlisida eshitiladi.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishli choralarni ko‘rish Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
  2. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyati tegishli bosh mutaxassis tomonidan ta’minlanadi.
  1. Tuman hokimining Investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi

Tuman hokimining Investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va tuman hokimining hujjatlariga amal qiladi.

Tuman hokimining Investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi o‘z faoliyatini tuman hokimining Investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.

Tuman hokimining Investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining bosh mutaxassisi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga investitsiyalar kiritish hajmini kengaytirishni rag‘batlantirish, tumanda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan yagona investitsiya, jumladan, xorijiy investitsiyalar jalb qilish siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tuman hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish sohasidagi me’yoriy- huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha doimiy ravishda takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

tumanning xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, chet el banklari, jamg‘armalari, agentliklari, kompaniyalari va boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan investitsiya sohasidagi hamkorligini o‘zaro manfaatli asosda rivojlantirish, hamkorlik yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va tuman hokimining tegishli o‘rinbosariga kiritadi;

investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari qanday bajarilayotganligini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish asosida tuman iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshiradi;

yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar ajratilishida ularga ko‘maklashish maqsadida aniq xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlaydi;

mahalliy innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan, rasmiylashtirilgan xalqaro patent va litsenziyalar asosida joriy etish, ichki va jahon bozorlariga yo‘naltirish imkonini beruvchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;

innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish bo‘yicha zamonaviy ilmiy-texnologik komplekslar, biznes- inkubatorlar, startap-akseleratorlarni, shu jumladan yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda tashkil etishga, shuningdek, IT-infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashadi;

ta’lim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targ‘ib qilishga ko‘maklashish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

sog‘liqni saqlash tizimini, shu jumladan kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni, “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiyot axborot markazi” konsepsiyalarini joriy etish orqali jadal rivojlantirishga, shuningdek, aholining uzoq umr ko‘rishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, shu jumladan yirik riteylerlar yordamida ta’minlash orqali savdo bozorlarini va ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni kengaytirishga ko‘maklashadi.

 

Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-
ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining funksional hamda faoliyatining eng
muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari vazifalari to‘g‘risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar
  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda - tuman hokimining o‘rinbosari) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
  2. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, tuman hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
  3. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
  4. Tuman hokimining o‘rinbosari tuman hokimiga bo‘ysunadi.

Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarini hal qilish bo‘yicha faoliyati viloyat hokimining tegishli o‘rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlar asosida belgilangan tartibda baholanadi.

Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari va funksiyalari
  1. Quyidagilar tuman hokimining o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, iqtidorli va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni va yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish;

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash, tarbiyachilar, o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va jamiyatda ularning mavqeyini ko‘tarish;

aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash hamda hududda farmasevtika sanoatini rivojlantirishni ta’minlash;

hududda nogironligi bo‘lgan shaxslarni tizimli ravishda ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash va ularni reabilitatsiya qilishni ta’minlash;

Maktabgacha ta’lim qamrovni oshirish;

Mahalladagi yoshlar yetakchilarining faoliyat samaradorligini oshirish;

Hududda madaniyat, intellektual, sport va vatanparvarlik tadbirlari tashkil etib borish;

Hududdagi maktablarning soniga nisbatan yashil maktablar ulushini oshirib borish;

Yoshlar bilan har chorakda uchrashuvlar o‘tkazish;

“E-qaror” yagona elektron tizimi, “Edo.ijro.uz” idoralararo hujjat aylanish tizimilari bilan ishlash va yuritish;

aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri, mafkuraviy immuniteti va dunyoqarashini yuksaltirishga, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini ta’minlash.

  1. Quyidagilar tuman hokimining o‘rinbosarining asosiy vazifalari

hisoblanadi:

a) hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, iqtidorli va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni hamda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali amalga oshirish etish;

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini samarador va natijali ijrosini ta’minlash;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlashda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali o‘zaro hamkorligini tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish hamda aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan kompleks chora- tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbusini amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar- kelajagimiz” davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmonining hududda to‘liq ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtidorli yoshlarni, shuningdek, yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

yoshlar ongida Vatanga muhabbat va sodiqlik prinsiplarini singdirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, chaqiruv tadbirlarini tashkil etish, o‘tkazish ishlarini tizimli tashkil etadi;

yosh rahbar kadrlarni tayyorlash, yosh kadrlar zaxirasini yaratish va ularni davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarida mas’ul lavozimlarga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etadi;

yoshlar o‘rtasida jinoyatlarni sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish hamda huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikka moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan yakka tartibda ishlashning bosqichli rejalarini ishlab chiqadi va ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;

yoshlar bandligini, ayniqsa qishloq joylarda ta’minlash, shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlarga, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarga hayotda o‘z o‘rinlarini topishda ko‘maklashadi;

b) uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash, tarbiyachilar, o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va jamiyatda ularning mavqeini ko‘tarish:

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli o‘rganishni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or o‘quv-pedagogika va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini, o‘quv va tarbiya jarayonlarining o‘zaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini ta’minlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy hamda pedagogik shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish chora-tadbirlari kompleksi amalga oshirilishini ta’minlash;

umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim sifatining yangi darajaga oshirilishini ta'minlash, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta'minlash;

ta’limni boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini ta’minlash, jamoatchilik nazoratining shaffofligi va samaradorligiga erishish, shu jumladan, barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishini ta’minlash, umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy qilishda ishtirok etish;

umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar tarmog‘ini ular uchun tashkiliy- huquqiy va texnik iqtisodiy sharoitlar yaratish orqali yanada rivojlantirishni ta’minlash, ushbu sohaga davlat xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy qilishda ishtirok etish;

ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagogkadrlarini zamonaviy talablar darajasida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil qilish, professor-o‘qituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, o‘qitilayotgan fan bo‘yicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini chuqur o‘rganishiga ko‘maklashish va rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi, ayniqsa, yangi, istiqbolli sohalarga xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni, shu jumladan, vatandoshlarni jalb qilishga doir takliflarni ishlab chiqish hamda tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muhim muammolarni hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta'minlash;

v) aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5590-son Farmoniga muvofiq sog‘liqni saqlashni tashkil etish va moliyalashtirish bo‘yicha aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirish;

sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari hamda kasalliklar profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha patronaj tibbiy ot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobidan aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha monitoring olib borilishi tashkil etilishini va chora-tadbirlar ko‘rilishini ta'minlash;

tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, u tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan to‘liq ta'minlash choralarini ko‘rish;

aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha mahalliy davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targ‘ib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sog‘lig‘ini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini takomillashtirish, fuqarolarning o‘z sog‘lig‘i uchun shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yo‘li bilan aholi salomatligining muhim tibbiy demografik tavsifi sifatida uzoq umr ko‘rishga yo‘naltirilgan kompleks chora- tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash;

katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;

tug‘ma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini o‘rganish va oldini olish, hududdagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga xos bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish masalalarida tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish bo‘yicha amaliy choratadbirlarni joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta'minlash;

hududda sanitariya-epidemiologik holat va radiatsiyaviy vaziyat monitoringi olib borilishini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli ta'sirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv ta'minoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yo‘naltirilgan kompleks sanitariya-

gigiena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini ta'minlash;

farmasevtika ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni, farmasevtika tarmog‘i korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish;

g) hududda nogironligi bo‘lgan shaxslarni tizimli ravishda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularni reabilitatsiya qilishni ta’minlash sohasida:

nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishda kompleks yondashuvning ishlab chiqilishi va joriy etilishini, shu jumladan, nogironlikni aniqlashning tibbiy modelidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash hamda ularni reabilitatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqishda ularning farovonligiga ta’sir ko‘rsatadigan barcha omillar hisobga olinadigan ijtimoiy modelga o‘tishni muvofiqlashtirish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda hamkorlikni muvofiqlashtirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash choratadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi mexanizmlarini yaratish;

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yuqori samaradorligiga va uning murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan muayyan shaxslar hamda oilalar ehtiyojlariga mos kelishiga erishish uchun ijtimoiy himoya qilish tizimining barcha darajalarida professional ijtimoiy faoliyat ishlab chiqilishi va joriy etilishini muvofiqlashtirish;

samarali ijtimoiy himoya qilish uchun moddiy resurslarning yetarli miqdorda ajratilishini, ulardan oqilona va tegishli ravishda foydalanilishini muvofiqlashtirish;

d) aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri, mafkuraviy immuniteti va dunyoqarashini yuksaltirish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son qaroriga muvofiq fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongida milliy g‘oyaga, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik prinsiplarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish, jamoatchilik ongida mustaqillik g‘oyalariga, Vatanga muhabbat va sodiqlik prinsiplarini singdirishga yo‘naltirilgan kompleks

chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;

oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganishni tashkil etadi hamda “mahalla-tuman-viloyat” prinsipi asosida hududlar bo‘yicha ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini shakllantirish;

“Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy- ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqotning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion usullarini ishlab chiqilishini ta’minlash;

tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini olib borish uchun zarur sharoitlar yaratish;

Shuningdek, turizmni jadal rivojlantirish, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish, turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish, turizm infratuzilmasini takomillashtirish;

ichki turizmni jadal rivojlantirish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish, ziyorat turizmini rivojlantirish;

turizm infratuzilmasi va transport logistikasini rivojlantirish, turizm sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish;

aholining keng qatlamlari sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yetarli shartsharoitlar yaratish va shu orqali yoshlarning jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi ko‘rsatkichlarini oshirishni ta’minlash;

madaniy sohadagi islohotlarni joylarda amalga oshirilishini ta’minlash;

aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlarni madaniyat muassasalariga jalb etish va madaniy-ommaviy tadbirlar bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash;

hududda ommaviy axborot vositalari, axborot targ‘ibot sohasini kompleks rivojlantirishni ta’minlash choralarini ko‘rish.

davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish;

ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

jamiyatda vijdon va diniy e’tiqod erkinligini ta'minlash, diniy tashkilotlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta'minlashga qaratilgan faoliyatni izchil amalga oshirish, do‘stlik va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usi muhitini mustahkanmlash;

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi;

hududda yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy- ma’rifiy masalalarning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;

hududni yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy- ma’rifiy ishlar borasida tegishli vazirliklar, idoralarlar, qo‘mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi;

yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar va boshqa tashkilotlarning hududiy tuzilmalarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;

a) hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish va turizmni rivojlantirishni ta’minlash sohasida:

turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shu jumladan, ushbu sohada aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlovchi kompleks

chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

hududga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish maqsadida yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda turizm sohasini strategik rivojlantirish dasturlarini sifatli va samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;

joylarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha islohotlar amalga oshirilishining samaradorligini doimiy va tizimli asosda har tomonlama hamda tanqidiy tahlil qiladi, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlaydi;

turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish choralarini ko‘radi;

vakolat doirasida Xavfsiz turizmni ta'minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi;

turizmni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, hududning o‘ziga xos madaniyati hamda an’analaridan kelib chiqib, turizm mahsulotini faol va kompleks targ‘ib qilish choralarini amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurishning maqsadli parametrlari, mehmonxonalar tashkil etish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha o‘z vakolati doirasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

b) ichki turizmni jadal rivojlantirish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish sohasida:

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” Dasturi doirasida tashrif buyurayotgan mahalliy turistlar uchun turizm infratuzilmasini, shu jumladan, mehmonxona va ovqatlanish shoxobchalarining tayyorligini ta’minlash, hududdagi joylashtirish vositalari va umumiy ovqatlanish shoxobchalarini xatlovdan o‘tkazgan holda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralarni amalga oshiradi;

ekologik, etnomadaniy, qishloq, agro va sanoat turizmi yo‘nalishlarini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha choratadbirlarni belgilaydi;

mahalliy turistlar uchun tavsiya etiladigan tashrif buyurish obyektlari ro‘yxatini shakllantirish va uni doimiy yangilab borishni tashkil etadi;

mahalliy turistlar uchun teatrlashtirilgan milliy an’ana va urf-odatlar bilan boyitilgan tomoshalar tashkil etilishini ta'minlaydi;

v) kirish turizmini rivojlantirish hamda turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish sohasida:

turizm yo‘nalishlarini tizimlashtiradi, shu jumladan, turizm namoyishi obyektlarining yagona axborot bazasini shakllantiradi;

tanlov asosida viloyat turizm brendining ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda tasdiqlanishini ta’minlaydi;

tematik turistik zonalari va klasterlarni yaratish orqali hamda hududning turistik salohiyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda turizmning istiqbolli turlari (ziyorat, ma’rifiy, ekologik, etnografik, gastronomik, sport, davolovchi- sog‘lomlashtiruvchi, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik (“MICE-turizm”) va boshqalar)ni rivojlantirish bo‘yicha hududiy turizm dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

hududning tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish, turizm sohasidagi nufuzini saqlash va rivojlantirish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etishga qaratilgan faol reklama axborot siyosatini amalga oshiradi;

bepul faoliyat ko‘rsatuvchi, shu jumladan, bron qilish, suvenirlar, kitoblar va turizm xaritalari bo‘yicha ma’lumot beruvchi “turizm axborot shoxobchalari” faoliyatini tashkil etadi;

yuqori turistik salohiyatga ega bo‘lgan hududlarda xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining maxsus bo‘linmalari bilan yaqindan hamkorlikni tashkil qiladi;

g) turizm infratuzilmasi va transport logistikasini rivojlantirish sohasida:

joylashtirish vositalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, yirik, o‘rta, kichik mehmonxonalar va xostellarni qurishni rag‘batlantirish hamda mavjud mehmonxonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

turizm sohasiga tutash infratuzilmani (umumiy ovqatlanish obyektlari, transport- logistika tuzilmalari, ko‘ngilochar maskanlar industriyasi, madaniy va sport muassasalari, turistik namoyish obyektlari va boshqalarni) rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

turizm infratuzilmasi obyektlarini qurish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘radi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni asosida turizmni rivojlantirish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshiradi;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish choralarini ko‘radi;

turizm navigatsiyasining unifikatsiyalashtirilgan yagona tizimini joriy etish va rivojlantirishni tashkillashtiradi;

joylardagi turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot va shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazadi;

yo‘lovchilar tashishni rivojlantirish, shu jumladan, avtomobil yo‘llarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari dasturlarida belgilangan loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qiladi;

respublika hududlari o‘rtasida aviaqatnovlarni rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

transport xizmatlarini sifatli ko‘rsatish uchun hududda transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibini muntazam yangilab borish bo‘yicha takliflar kiritadi;

d) yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida:

turizm sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini ta’minlash, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashgan holda ularning xodimlari malakasini oshirish yuzasidan zarur choralar ko‘radi;

turizm sohasida kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi kadrlar va bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;

ichki va kirish turizmi sohasida bevosita turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi turizm sohasi xodimlari (gidlar, yo‘riqchi-kuzatuvchi, turizm faoliyati sub’ektlari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, transport xizmati va boshqa xodimlari) uchun malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etadi; turizm sohasida xalqaro talablarga javob beradigan uzluksiz, ko‘p bosqichli ta'lim tizimini yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

turizm sohasida ta’limning amaliyotga yo‘naltirilgan va zamonaviy ta’lim standartlari, o‘quv-uslubiy dasturlari hamda ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

aholining keng qatlamlari sport bilan muntazam shug‘ullanishini ta’minlash sohasida:

aholining keng qatlamlarini sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratadi va amaliy chora-tadbirlarni bajarish, jismonan sog‘lom barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish choralarini ko‘radi;

aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora- tadbirlarini amalga oshiradi, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda ilg‘or xorijiy tajriba asosida xalqaro toifadagi sport ustalarini tayyorlash uchun sport komplekslari tashkil etilishini ta’minlaydi;

jismoniy tarbiya-sport jamoat hududiy birlashmalari faoliyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini tashkil qiladi;

jismoniy tarbiya va sport sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

iqtidorli va istiqbolli sportchilarning Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida, shuningdek, jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishishi hamda mamlakatimizni munosib ifodalashi uchun ularni sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab mamlakat terma jamoasigacha tanlash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari amalga oshirilishini ta'minlaydi;

j) aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni madaniyat muassasalariga jalb etish va madaniy-ma’rifiy tadbirlar bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash sohasida:

hududdagi madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, muzeylar, madaniyat markazlari, sirklar, madaniyat va istirohat bog‘lari, hayvonot bog‘lari faoliyati samaradorligini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ushbu muassasalarga aholi, ayniqsa, yoshlarni tizimli tarzda jalb etish choralarini ko‘radi; hududdagi moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ishonchli saqlash va ilmiy o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish ishlarini tashkil etadi;

jamiyatning madaniy va ma'naviy hayotida, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalashda kino san'atining roli va ahamiyatini oshirish, kino mahsulotlarining g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirish, kino san'atini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratadi;

hududda tasviriy, amaliy san'atni va dizayn sohasini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning o‘z iqtidorini namoyon qilishlari uchun munosib sharoitlar yaratadi;

ommaviy axborot vositalari, axborot targ'iboti sohasida:

aholining axborot bilan ta'minlanganlik darajasini va madaniy saviyasini oshirish, turli axborot tahdidlarining oldini olish, yoshlarning ongi va tafakkurini “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta'siridan himoya qilishda ommaviy axborot vositalarining roli va ahamiyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlarni amalga oshiradi;

mahalliy ijroya hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi monitoringini olib borish, ommaviy axborot vositalari va davlat boshqaruvi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot xizmatlarining o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;

axborot-kutubxona markazlari tarmog‘ini kengaytirish, axborot- kutubxona xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish, jamiyatda kitob o‘qish madaniyatini oshirish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlarni amalga oshiradi;

jurnalistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

mahalliy ijroya hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi monitoringini olib borish, ularga biriktirilgan sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadlari, vazifalari, amalga oshirilishi va natijalari to‘g‘risida keng jamoatchilikka o‘z vaqtida, xolisona va to‘liq axborot berilishini tashkil etadi.

hududning turizm salohiyatini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, hududiy dasturlar hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta'minlaydi;

turizm sohasidagi islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda taminlaydi;

viloyat hokimligining ish rejasiga turizm sohasini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha masalalarga doir takliflar kiritadi;

Diniy-ma’rifiy sohada:

a) davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o'zaro samarali hamkorligini tashkiletish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Kengashlari qarorlari, viloyat va shahar hokimining farmoyishlari ijrosini, jamoat tashkilotlarini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha strategik va ustuvor vazifalar so‘zsiz bajarilishini ta'minlaydi;

respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta'minlash choralarini ko‘radi; demokrat ik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faolligini oshirish, davlat dasturlari ijrosini ta'minlashda ularning ishtirokini kengaytirish bo‘yicha dasturlarga takliflar ishlab chiqadi;

jamoat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, jamoat tashkilotlarining ijtimoiyiqtisodiy faolligini oshirish, demokratik islohotlarni amalga oshirishda ularning roli va ahamiyatini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarini keng rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni va fuqarolarning huquqlari qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorligini ta'minlaydi;

fuqarolarning manfaatlariga daxl qiluvchi ijtimoiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan hududiy dasturlar loyihalarini tayyorlaydi;

jamiyatning madaniy va ma'naviy hayotida, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalashda jamoat tashkilotlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora- tadbirlarini amalga oshiradi;

b) ijtimoiy-ma’naviy muhitniyanada sog‘lomlashtirish hamdayoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash sohasida:

joylardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitning real holatini doimiy ravishda o‘rganadi, sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kompleks takliflar ishlab chiqadi;

aholining, ayniqsa, yoshlarning turli mafkuraviy tahdidlarga, jumladan, diniy ekstremizm, terrorizm va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni, bu boradagi dasturlar ijrosini ta'minlaydi;

O‘zbekiston xalqining milliy va diniy merosini asrash, aholining diniy saviyasini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

axborot tahdidlarining oldini olishda, aholining ongi va tafakkurini salbiy tasirlardan himoya qilishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

manaviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy etiqodi va urf- odatlariga qarshi yo‘naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g‘oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlarini tizimli amalga oshiradi;

chegaradosh hududlarga tizimli ravishda nufuzli ulamolar, salohiyatli imomlar hamda jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat targ‘ibot guruhlarini yuborib, aholi o‘rtasida ma'naviyma'rifiy tadbirlar tashkil qiladi; yoshlarning yot g‘oyalar ta'siriga tushishini oldini olish maqsadida ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ziyolilar, olimlar va ulamolar ishtirokida turli uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etadi;

“Yoshlar ekstremizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi”, “Jaholatga qarshi ma'rifat” ruknlarida ommabop tele-radio dasturlar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

v) jamiyatda vijdon va diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash, diniy tashkilotlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish sohasida:

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonun hujjatlari ijrosini taminlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy- marifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini so‘zsiz taminlaydi;

diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq ishlarning real holatini doimiy ravishda o‘rganadi, sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

“Haj” va “Umra” tadbirlarini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazishga shaxsan javob beradi, bu yo‘nalishda mahalliy davlat boshqaruvi organlari, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

mahallalarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta turmushning oldini olish, yosh oila quruvchilar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni va tushuntirish-targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi;

ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini tashkil etadi, bu yo‘nalishdagi ishlar sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;

g) jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan faoliyatni izchil amalga oshirish, do‘stlik va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usi muhitini mustahkamlash sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5046-son Farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini so‘zsiz ta'minlaydi;

hududda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni taminlash, do’stlik va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshiradi;

davlat organlarining hududlarda joylashgan milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari bilan o‘zaro aloqalari hamda hamkorligini taminlaydi;

hududda yashaydigan turli millat va elat vakillarining o‘ziga xos milliy ananalari, urf-odatlari, rasm-rusumlarini asrab-avaylash hamda rivojlantirishga ko‘maklashadi;

joylarda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil qiladi;

joylarda xorijiy davlatlar bilan birodarlashgan shaharlar yo‘nalishida madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ishlarni tashkil etadi hamda muvofiqlashtiradi;

d) O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashda, keksalar rolini oshirish, ularning ijtimoiy- siyosiy hayotda faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish sohasida:

keksalar va pensiyadagi fuqarolarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab- quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

keksalar va pensiyaga chiqadigan xodimlarga doimiy g‘amxo‘rlik va etibor ko‘rsatishni, ularga zarur moddiy hamda ijtimoiy ko‘mak berish, shuningdek, har yili pensionerlardan, ayniqsa, yakka-yolg‘izlaridan xabar olish tadbirlarini tashkil etadi;

yolg‘iz keksalarning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishga ko‘maklashadi, ularni sanatoriy-kurortda sog‘lomlashtirish va davolanishini tashkil etadi;

keksalar va pensionerlar bilan ochiq muloqotni tizimli yo‘lga qo‘yadi, ularning hayotiy muhim muammolarini hal etishga yordam berish maqsadida hududiy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan qabul qilish ishlarini tashkil etadi;

mahallalarda eng obro‘li otaxon va onaxonlar, xotin-qizlar, imomlarni jalb etgan holda jamiyatdagi illatlarning (o‘z joniga qasd qilish, oilaviy ajrim va boshqa) kelib chiqish sabablarini aniqlash, bunday holatlarning oldini olish choralarini ko‘radi;

keksa avlod vakillari tomonidan yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarlikning oldini olish, sodir etilgan g‘ayriijtimoiy holatlarni o‘z vaqtida aholi o‘rtasida miiliokama qilish ishlarini amalga oshiradi.

Shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi:

hududda jamoat tashkilotlarini rivojlantirish, ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy sohada muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish, millatlararo totuvlikni taminlash, keksalarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, hududiy dasturlar hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini taminlaydi;

fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hududiy dasturlar loyihalarini tayyorlaydi;

amalga oshirilayotgan islohotlarning ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida tegishli mavzularga bag‘ishlangan sayyor (ochiq) majlislarni tizimli asosda o‘tkazadi;

xalq deputatlari Kengashlarining sessiyalarida, hokim huzuridagi yig‘ilishlarda ko‘rib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun o‘z faoliyati sohasiga kiradigan muammoli masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganadi;

davlat organlarining viloyatda joylashgan tuzilmalari bilan jamoat tashkilotlari, diniy tashkilotlar hamda milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari o‘rtasida o‘zaro aloqa va hamkorlikni ta'minlaydi;

hokim tomonidan tegishli sohada islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta'minlaydi;

o‘ziga bo‘ysunadigan mutaxassislarning aniq ko‘rsatkichlar, shuningdek, maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi, ularning zimmasiga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun shaxsiy masuliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha diniy bag‘rikenglik va millatlararo munosabatlarga oid belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi; hujjatlar amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta'minlaydi.

tuman hokimining o‘rinbosariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas'uliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi hamda yil yakuni bo‘yicha ularning faoliyatini baholab boradi;

tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlarga) samarali rahbarlik qiladi, komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.

Tuman hokimining o‘rinbosari belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari huquqlari va javobgarligi
  1. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

hududni yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, manaviy- marifiy ishlar bo‘yicha qarorlar, dasturlar hamda “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;

soha bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;

tuman hokimi huzurida va o‘zi raisligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar, malumotlarni hokimlik apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;

tuman hokimining o‘rinbosariga biriktirilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlari hamda ularning kollegial organlari majlislari hamda yig‘ilishlarida qatnashish;

hokimlikda ko‘rib chiqiladigan turizm sohasiga oid masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni tayyorlash, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlarini tashkil etish;

turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;

hududda turizmni rivojlantirish masalalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqish va muhokama qilish;

zarurat bo‘lganda tuman hokimi huzurida va o‘zi rahbarligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarining, ilmiy muassasalar, shuningdek, boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari ushbu Nizomning 9 va 10-bandlaridagi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning tegishli ravishda, samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.

Shu jumladan, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo‘yicha belgilangan asosiy ko‘rsatkichlarga, maqsadlarga erishilishi;

yoshlarni madaniyat va sanat muassasalariga, jismoniy tarbiya, sportga keng jalb etish hamda aholi hamda yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etilishi;

“Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi doirasida nazarda tutilgan tadbirlarning, xususan, imtiyozli kreditlar ajratish orqali yoshlar tadbirkorligining keng rivojlanishi;

iqtidorli yoshlarni, shuningdek, yosh oilalar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishi, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kamayishi;

doimiy ravishda bevosita talim muassasalariga chiqqan holda pedagog xodimlar ish faoliyati samaradorligini oshirishga, talim sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilishi, o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilmaslik uchun qatiy nazorat amalga oshirilishi, o‘quvchilar to‘garaklarga to‘liq jalb etilishi hamda ularning yozgi va qishgi tatillari mazmunli tashkil etilishi;

aholi salomatligi ko‘rsatkichlarining yildan yilga yaxshilanishi, ayniqsa, aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshining oshishi, onalar va bolalar o‘limi, baxtsiz hodisalardan o‘lim, yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan barvaqt o‘lim ko‘rsatkichlarining pasayishi, onkologiya kasalliklaridan besh yillik yashash ko‘rsatkichi oshishi, bir yillik o‘lim ko‘rsatkichiningkamayishi;

davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamning belgilangan hajmlarda va sifatda ko‘rsatilishi hamda hududda nodavlat tibbiyot tashkilotlari soni va ular tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmining oshishi;

aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasi davlat talabi darajasida tashkil etilishi, mazkur guruhga kiruvchi shaxslarning ijtimoiy moslashuvini ta'minlash orqali ularning soni yildan-yilga kamayishi;

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021- yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11- apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta'minlash uchun javob beradi.
  2. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan

tegishli choralarni belgilaydi.

  1. Biriktirilgan sohalarda kadrlarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi, majmuaga kiradigan tashkilotlardagi rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar beradi.
  1. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
  1. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliydavlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq, tuman hokimining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Ushbu ish rejalar asosida tuman hokimi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining hisoboti tuman hokimining tezkor yig‘ilishlarida har haftada eshitib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tuman hokimining o‘rinbosari tegishli hisobotlari xalq deputatlari tuman Kengashi majlisida eshitiladi.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishi choralarni ko‘rish Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muliim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Bosh mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyatini ta’minlash tegishli bosh mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.
  1. Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi

Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va tuman hokimining hujjatlariga amal qiladi.

Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi o‘z faoliyatini tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.

Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

ish rejalarini tuzadi va ijrosini nazorat qiladi;

funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni, ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida belgilangan tartibda hokimning o‘rinbosariga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Kengashi, shuningdek, hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

o‘ziga tegishli sohalar bo‘yicha ish yuritadi, ishlar nomenklaturasini tashkil etadi, yuqori tashkilotlardan yo‘naltirilgan hujjatlarni tuman hokimligining soha bo‘yicha qabul qilgan qaror, farmoyishlari hamda o‘rinbosarga yuborilgan ariza va shikoyatlarni o‘rganib chiqadi, umumlashtiradi hamda nazoratdan chiqarishni tashkil etadi;

tuman Kengashi sessiyalarida va tuman faollarining yig‘ilishlarida soha bo‘yicha bildirilgan tanqidiy fikr-mulohazalarni umumlashtirib, hokimlik yig‘ilishiga kiritish uchun qarorlar, yig‘ilish bayonlari va chora-tadbirlar loyihalarini tayyorlaydi;

tuman hokimining qarorlari, farmoyishlari, tuman hokimligi yig‘ilishlari qarorlarida belgilangan topshiriqlarning bajarilishi monitoringini olib boradi va muntazam o‘rinbosarga axborot berib boradi;

tuman hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan, har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;

o‘rinbosarga aloqador bo‘lgan masalalar bo‘yicha tuman hokimligiga murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, taklif, shikoyatlarini belgilangan tartibda hal qilish choralarini ko‘radi;

sohaga oid yig‘ilishni tashkil etadi, taklif etilganlar ro‘yxatini o‘rinbosar bilan kelishilgan holda tayyorlaydi hamda xabarni ishtirokchilarga yetkazilishini tashkil etadi;

tuman talim tizimi, o‘rta-maxsus va kasb-hunar maktablari, sog‘likni saqlash, madaniyat, matbuot, jismoniy tarbiya, sport, kino, turizm, yoshlar va faxriylar bilan ishlash masalalarini tashkil qilishda tegishli ma’sullarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi.

Tegishli bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomga va funksional vazifalarga, hokimning qaroriga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

Tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan faoliyati

muvofiqlashtiriladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari

RO‘YXATI

Tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi.

Tuman Tibbiyot birlashmasi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman bo‘limi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Narpay tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

O‘zbekiston mahalla uyushmasi Narpay tumani bo‘limi

Narpay tumani kasb-hunar maktablari

Narpay xizmat ko‘rsatish texnikumi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Narpay tumani bo‘linmasi

Tuman yoshlar ishlari bo‘limi

Narpay tumani “Navqirov Narpay” gazetasi

Samarqand davlat chet tillari instituti Narpay tumani filiali

Kasaba uyushmalari federatsiyasining tuman Kengashlari

Narpay tumani Sport maktabi

Tuman madaniyat bo‘limi

Narpay tumani Axborot kutubxona markazi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining tuman vakilligi

Tasviriy oyina ijodiy uyushmasi Narpay tuman bo‘limi

O‘zbekiston “Ko‘zi ojizlar” jamiyati tuman bo‘limi

Siyosiy partiyalar tuman Kengashlari

Narpay tumani musiqa va san’at maktablari

Tuman hokimi o‘rinbosari - oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘ining funksional
vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari
to‘g‘risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar
  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuman hokimining o‘rinbosari - tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda - tuman hokimining o‘rinbosari)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
  2. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyat, tuman hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.

Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari tuman hokimiga bo‘ysunadi.

Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarini hal qilish bo‘yicha faoliyati viloyat hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida belgilangan tartibda baholanadi.

Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

  1. bob. Tuman hokimining o‘rinbosari asosiy vazifalari va funksiyalari
  1. Quyidagilar tuman hokimining o‘rinbosari asosiy vazifalari hisoblanadi:

oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish choralarini ko‘rish;

xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish;

og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga yordam berish, shuningdek, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon uy-joylar olishiga ko‘maklashish;

xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, mehnat huquqlarini himoya qilish va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish;

jinoyat sodir etishga moyil bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish orqali xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini amalga oshirish;

FHDY organlari bilan ishlash, oilani mustahkamlash, ajralishlarning oldini olish, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish, targ‘ibot va ma’rifat ishlarini tashkil etish;

mahalladagi xotin-qizlar faollarini faoliyat natijadorligi oshirish;

“Ayollar daftari”ni yuritish;

ayollar bandligi ta’minlash choralarini ko‘rish;

xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘rgatish va tadbirkor xotin-qizlar sonini oshirish;

oilaviy ajrimlarni oldini olish;

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashini oldini olish;

xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni oldini olish;

davlat dasturlari va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish.

  1. Tuman hokimi o‘rinbosarining o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli hamda faolligini oshirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

boshqaruv tizimiga strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va tamoyillarini joriy etadi;

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida, samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;

xotin-qizlarning maqomini, ma’naviy, intellektual salohiyatini oshirish, ularning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, huquqiy madaniyatini, jamiyat hamda oiladagi rolini oshirish choralarini ko‘radi;

davlat organlari va jamoat tashkilotlarini jalb etgan holda yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish sohasida kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;

xotin-qizlar masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilish va tushuntirishda, ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etadi;

qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash, iqtidorli, qobiliyatli qizlar zaxirasi bilan tizimli ish olib borishni, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo‘yicha mahalliy komissiyalar faoliyatini tashkil qiladi;

tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan qizlardan kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yo‘lga qo‘yadi;

xotin-qizlar va oila masalalarida davlat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar bilan yaqin hamkorlikni ta’minlaydi;

xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati shaffofligini ta’minlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda fuqarolik jamiyati institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish ishlarini tashkil etadi;

b) og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga y or dam berish, shuningdek, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon uy-joylar olishiga ko‘maklashish sohasida:

joylarda xotin-qizlar va oilalarning real holatini muntazam o‘rganadi, ularning ijtimoiy muammolarini har tomonlama tahlil qiladi hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshiradi;

joylardagi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni o‘z vaqtida aniqlashni, ular bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan manzilli ishlar olib borilishini ta’minlaydi;

og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan onalar bilan manzilli ishlashga hamda ularni arzon uy- joylar bilan ta’minlashga ko‘maklashadi;

yordamga muhtoj bo‘lgan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, ularning oilalari, bolalari uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi, ushbu toifadagi shaxslarning huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda davlat organlari hamda jamoat tashkilotlarining hamkorligini ta’minlaydi;

oilaviy va shaxslararo nizolarning, o‘z joniga qasd qilishga hamda jamiyat va oilada ma’naviy-axloqiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarning barvaqt profilaktikasi bo‘yicha manzilli ishlarni olib boradi;

oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish ishlariga keksa va hurmatga sazovor, jamiyatda katta obro‘ga ega bo‘lgan ayollar va fuqarolarni keng jalb etish, namunaviy oilalarning hayot tarzini targ‘ib etish choralarini ko‘radi;

ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish namunali markazlar faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtiradi, faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi, ularning aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishini tashkil etishga ko‘maklashadi;

v) xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat huquqlarini himoya qilish va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish sohasida:

joylarda xalq bilan muloqot va sayyor uchrashuvlar o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish choralarini ko‘radi, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, xotin-qizlarning bandligi va real daromadlarini oshirishni ta’minlashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa, kollejlar, texnikumlar bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanganligi yuzasidan ta’sirchan nazoratni yo‘lga qo‘yadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning beshinchi yo‘nalishi doirasida xotin-qizlarning mehnat bilan bandligini ta’minlash maqsadida joylarda tashkil etiladigan tikuv-trikotaj sexlariga manzilli ro‘yxatlar asosida xotin-qizlarni ishga joylashtirish, bunda ishlash istagini bildirgan xotin qizlarni malaka toifalariga ajratib, ularni hududlardagi kollejlar bazasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitishni tashkil etadi;

og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan manzilli dasturlar asosida ularning bandligi to‘liq ta’minlanishini tashkil etadi va bu boradagi ishlarni nazorat qiladi;

“ustoz-shogird” tizimi asosida ishsiz xotin-qizlarni hunarmandchilik va kasanachilik yo‘nalishlariga keng jalb etadi hamda bu borada zarur choralarni belgilaydi;

Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan xotin-qizlar tadbirkorligini tashkil etish bo‘yicha ajratiladigan imtiyozli kredit resurslari o‘z vaqtida hamda to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi;

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlaydigan ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishga ko‘maklashish, berilgan imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanishi masalalarini tartibga solish, davlat ro‘yxatidan va boshqa tartibotlardan o‘tish, mehnat munosabatlariga kirishish bo‘yicha qonun hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam beradi;

xotin-qizlarning mehnat qilish huquqlarini himoya qilish ishlarining holatini o‘rganish va tahlil qilish, mehnat munosabatlari sohasida, shu jumladan, homilador ayollarga, kichik yoshdagi bolalari bo‘lgan ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar berish sohasida davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlarning mustahkam hamkorligini yo‘lga qo‘yadi;

Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarining biznes-inkubator shaklida samarali faoliyat yuritishini tashkil etadi;

g) jinoyat sodir etishga moyil bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish orqali xotin- qizlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini amalga oshirish sohasida:

huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan chora- tadbirlarni amalga oshiradi;

xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy tarbiya va huquqiy targ‘ibot, huquqiy madaniyatni oshirish ishlarini tashkil etish, oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini belgilash va amalga oshirilishini tashkil etadi;

jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan xotin-qizlarni aniqlash, ular bilan yakka tartibda ish olib borish bo‘yicha ichki ishlar organlari va tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;

jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va tizimli bartaraf etish orqali oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish choralarini ko‘radi;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, maxsus o‘quv-tarbiya muassasalaridan, ijtimoiy reabilitatsiya va xotin-qizlarni moslashtirish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirishni tashkil etish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilaydi;

d) FHDY organlari bilan ishlash, oilani mustahkamlash, ajralishlarning oldini olish, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish, targ‘ibot va ma’rifat ishlari sohasida:

qonuniylikni ta’minlashda, aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qilishda faol ishtirok etadi, FHDY organlari faoliyatida qonun talablariga rioya etilishi monitoringini muntazam ravishda olib boradi;

FHDY organlari faoliyati bo‘yicha qonun hujjatlarini izchil takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy ajralishlarning oldini olish yuzasidan olib boriladigan kompleks chora-tadbirlarda FHDY organlarining faol ishtirok etishini ta’minlaydi;

FHDY organlarining oilani mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlari izchil amalga oshirilishini ta’minlaydi;

FHDY organlari xodimlarini zamon talablari asosida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini muvofiqlashtiradi;

oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirish, nikoh va oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining xususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun otaonalarning bevosita mas’uliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bog‘liq tizimli targ‘ibot tadbirlarini tashkil qiladi;

FHDY organlari tomonidan oilani mustahkamlash, ajralishlarning oldini olish, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida qayd etish, bu borada targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarini tashkil etish choralarini ko‘radi;

FHDY bo‘limlari va nikoh uylari faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ular xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilib boradi va mavjud holatni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.

Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi;

xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish, oilalar mustahkamligini ta'minlash borasida o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;

tuman hokimligi majlislarida, hokim huzurida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqish uchun xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha materiallar tayyorlanishini va kiritilishini ta’minlaydi;

mahalla fuqarolar yig‘inlari raislariga yuklangan vazifalar, funksiyalarning samarali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi hamda yil yakuni bo‘yicha ularning faoliyatini baholab boradi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida har oylik hisobotlar tayyorlanishini va ularning viloyat, tuman hokimligining tegishli bo‘linmalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;

xotin-qizlar muammolarini hal etish va ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Narpay tuman Xalq qabulxonasi, siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qiladi;

o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.

  1. bob. Tuman hokimining o‘rinbosari huquqlari va javobgarligi
  1. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

xotin-qizlarning turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qarorlar, dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish hamda ijrosini tashkil etish;

tuman hokimligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar, ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalaridan, boshqa organlar hamda tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;

davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, tashkilotlar rahbarlarining xotin- qizlar va oila masalalarida olib borayotgan ishlari samaradorligini muhokama qilish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini viloyat, tuman hokimligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;

o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berish va ijrosini talab qilish;

mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarning o‘zi mutasaddilik qiladigan masalalar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

tuman hokimining o‘rinbosari bosh va yetakchi mutaxassislar lavozimiga nomzodlar yuzasidan tuman hokimiga takliflar kiritish;

bosh va yetakchi mutaxassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritish.

Tuman hokimining o‘rinbosari ushbu Nizomning 8- va 9-bandlaridagi o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.

tuman hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan tegishli choralarni belgilaydi.

Biriktirilgan sohalarda kadrlarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi, majmuaga kiradigan tashkilotlardagi rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar beradi.

  1. bob. Tuman hokimning o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish

Tuman hokimi o‘rinbosarining ishlari viloyat, tuman hokimligining choraklik va yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasi asosida tashkil etiladi

Mazkur ish rejalari asosida tuman hokimining o‘rinbosari tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadigan oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi.

Tuman hokimi huzurida har hafta o‘tkaziladigan tezkor majlislarda tuman hokimi o‘rinbosarining hisobotlari eshitib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tuman hokimi o‘rinbosarining hisobotlari xalq deputatlari tuman Kengashi majlislarida eshitiladi.

Tuman hokimi o‘rinbosarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishi choralarni ko‘rish Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyatini ta’minlash tegishli mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i mutaxassislarining asosiy vazifalari

Bosh mutaxassis

Tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i bosh mutaxassisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va tuman hokimining hujjatlariga amal qiladi.

Tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i bosh mutaxassisi o‘z faoliyatini tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i rahbarligida amalga oshiradi.

Tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i bosh mutaxassisi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xotin- qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy muhitini va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirishda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi va mahallalardagi xotin-qizlar faollarini ishini samarali tashkil etish choralarini ko‘radi;

xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qiladi;

oilalar va xotin-qizlar, ayniqsa, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalar va xotin-qizlarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berishni tashkil etadi;

og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlar nazarda tutilgan imtiyozlar bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosining nazoratini, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan ta’minlash sohasida tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish choralarini ko‘radi;

xotin-qizlarning murojaatlari va uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan muammolarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar, mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan o‘z vaqtida hal etilishi yuzasidan muntazam monitoring yuritadi va ko‘maklashadi;

xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ko‘zlab, sudlarga ariza (shikoyat) va da’volarni kiritadi;

xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirishga, Hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik tamoyillarining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;

xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari ishini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga, jumladan, tashkilot, muassasa va korxonalarda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashlariga har tomonlama ko‘maklashadi hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi;

iqtidorli qizlarni a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san’at, ta’lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash uchun takliflar tayyorlash ishlarini hamda ushbu mukofot bo‘yicha mahalliy komissiyalar faoliyatini tashkil qiladi;

xotin-qizlar o‘rtasida har yili ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va faolligini oshirishga qaratilgan turli ko‘rik-tanlovlarni tashkil etadi;

o‘z vakolati doirasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda xotin-qizlarni ilm- fanga keng jalb etish, ular o‘rtasida innovatsiyalarni rivojlantirishga oid chora- tadbirlarni amalga oshiradi;

tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan qizlardan kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yo‘lga qo‘yadi;

xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy- huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etadi, ushbu yo‘nalishda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining ishini muvofiqlashtirib boradi;

mahallalardagi xotin-qizlar faollariga xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda, ularni og‘ir ijtimoiy ahvoldan chiqarish choralarini amalga oshirishda uslubiy va amaliy ko‘maklashadi;

og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish tizimini shakllantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, kam ta’minlangan hamda nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;

oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlaydi;

notinch va muammoli oilalarni aniqlash, ularning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid bo‘lgan yot xavf-xatarlarga qarshi kurashish maqsadida ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashni tashkil etadi;

xotin-qizlar o‘rtasida turli salbiy ijtimoiy harakatlar, ayniqsa, o‘z joniga qasd qilish, fohishabozlik, voyaga yetmagan qizlarning erta turmushga chiqish kabi holatlarning sabablarini chuqur o‘rganish hamda natijalari bo‘yicha mahallalar, hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etadi;

tuman kabag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi bilan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish, mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid masalalarni hal etish, qishloq joylaridagi xotin-qizlarni, ayniqsa, yosh qizlarni tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish uchun biznes tuzilmalari, tadbirkor ayol birlashmalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan individual ish olib borish, ularni kasb-hunarga tayyorlash bo‘yicha o‘qitishga qaratilgan tashkiliy chora- tadbirlarni amalga oshiradi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda kredit mablag‘lari ajratilishiga ko‘maklashadi;

xotin-qizlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish bo‘yicha mahallalardagi xotin- qizlar faollarining hududdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimlari yordamchilari bilan hamkorligini tashkil etadi;

mahallalardagi xotin-qizlar faollarining “Ayollar maslahat kengashlari” bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga ko‘maklashish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi.

Yetakchi mutaxassis

Tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i yetakchi mutaxassisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va tuman hokimining hujjatlariga amal qiladi.

Tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i yetakchi mutaxassisi o‘z faoliyatini tuman tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i va o‘rinbosarning bosh mutaxassisi rahbarligida amalga oshiradi.

Tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining yetakchi mutaxassisi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

mahallalarda xotin-qizlar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda, turli ijtimoiy-madaniy va sog‘lomlashtirish tadbirlari, maxsus sport musobaqalari, shuningdek, yozuvchilar, san’atkorlar, rassomlar va boshqa ijod ahli vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etadi;

xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish, madaniyat, turizm, ommaviy jismoniy tarbiya va sport muassasalari, sanatoriy-kurortlarda davolash, bolalarni sog‘lomlashtirish, ularning dam olishi masalalarida davlat organlari, mahallalar, ish beruvchilar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

oila institutini mustahkamlash, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini ijtimoiy hayotga tatbiq etish choralarini ko‘radi;

zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlar, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, boy madaniy, tarixiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar asosida oila institutini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni o‘rganish hamda tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

xotin-qizlarning oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularning farzand tarbiyasidagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi;

jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi, farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;

farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash, uni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oilalarni “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga doir takliflar tayyorlash ishlarini tashkil etadi;

xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlariga ko‘maklashadi;

xotin-qizlar yo‘nalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish choralarini ko‘radi;

mahallalarda soha mutaxassislarini hamda nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etgan holda, xotin-qizlar uchun “Ma’naviyat soatlari” va “Huquqiy bilimlar” tadbirlari o‘tkazilishini tashkil etadi;

xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ehtiyojmandlik darajasidan chiqarish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etish ishlarini tashkil etadi;

o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.

Tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan
tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari

RO‘YXATI

Tuman ichki ishlar bo‘limi - xavfsiz mahalla va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari yuzasidan.

Tuman FHDY bo‘limlari - oilani mustahkamlash, ajralishlarning oldini olish, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish, targ‘ibot va ma’rifat chora - tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan.

Tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan
tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari

RO‘YXATI

Qizil Yarim oy jamiyati tuman kengashi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari.

“Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman bo‘limi

 

Narpay tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini
oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini
ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining asosiy vazifalar va
funksiyalari

Tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari tuman Kengashi, tuman hokimining qarorlari, farmoyishlari hamda boshqa amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, viloyat hokimligining Reglamenti, ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha Yo‘riqnoma, mazkur vazifalar taqsimoti hamda tuman hokimligining ish rejasi asosida faoliyat ko‘rsatadi.

a) maslahatchining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

davlat boshqaruvi organlari, tuman hokimligida ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar va “yo‘l xaritalari”ning ijrosini tashkil etish;

ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy o‘rganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida ishtirok etish;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etish;

davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida, shuningdek, ularning tizimidagi tashkilot va muassasalarda xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga, shu jumladan, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish;

geografik va boshqa toponomik obyektlar, madaniy meros obyektlariga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;

hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etish;

davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritish.

b) maslahatchi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari hamda ularning tizimidagi tashkilot va muassasalarda davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan chora- tadbirlarni muvofiqlashtirish;

davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari huzurida ma’naviy- ma’rifiy sohani, davlat tilini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish hamda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish;

davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining ma’naviy- ma’rifiy sohani, davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan buyruq, qaror hamda ko‘rsatmalari ijrosini nazorat qilish;

davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga oid ishlarni samarali tashkil qilish maqsadida vaqtinchalik ekspert guruhlarini tuzish;

davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish jarayonida ishtirok etish;

davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari muassisligida ta’sis etilgan ommaviy axborot vositalari, ularning Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb- saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini muntazam kuzatib borish, davlat tili qoidalarining buzilishi holatlari aniqlanganda, ularni bartaraf etish

choralarini ko‘rish.

 

Tuman hokimligining Tashkiliy-kadrlar guruhi to‘g‘risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar.
  1. Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhining vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
  2. Tashkiliy-kadrlar guruhi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va tuman hokimining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
  3. Tashkiliy-kadrlar guruhi o‘z faoliyatini tuman hokimi rahbarligida amalga oshiradi.
  4. Tashkiliy-kadrlar guruhi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda tuman hokimining ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tumanlar hokimliklari, shuningdek, davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
  1. Tashkiliy-kadrlar guruhining vazifalari va funksiyalari.
  1. Quyidagilar Tashkiliy-kadrlar guruhining vazifalari hisoblanadi:

boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni tuman hokimining ko‘rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritish;

tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, ko‘rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o‘rganishni va ular bo‘yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta’minlash;

kelgusida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib borish;

boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qilish;

zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qilish;

tuman hokimining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlari bilan birgalikda tuman hokimligi apparati kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari, ularning zaxirasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni, doimiy yangilab borishni ta’minlash;

davlat mukofotlariga tavsiya etishga oid hujjatlarni yuritish;

tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha tuman hokimining qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, tuman hokimi rahbarligida o‘tkaziladigan vazifalariga aloqador yig‘ilishlar, majlislar, uchrashuvlar hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari shahar Kengashlari deputatlari saylovlarini, O‘zbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish, o‘tkazish bo‘yicha tegishli saylov komissiyalariga yordam ko‘rsatish;

Tashkiliy-kadrlar guruhi to‘g‘risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

  1. Tashkiliy-kadrlar guruhining huquqlari va javobgarligi.
  1. Tashkiliy-kadrlar guruhi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar, ma’lumotlarni davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, tuman hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;

zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, tuman hokimining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, tuman hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, tuman va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar, funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish.

  1. Tashkiliy-kadrlar guruhi:

o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar hamda hujjatlar loyihalari har tomonlama, o‘z vaqtida tayyorlanishi;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, tuman hokimining ko‘rib chiqishi, qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;

  1. Tashkiliy-kadrlar guruhining tuzilmasi.
  1. Tashkiliy-kadrlar guruhi tuzilmasi guruh rahbari, 1 nafar yetakchi mutaxassis va 1 nafar 1-toifali mutaxassisdan iborat bo‘ladi.

Tashkiliy-kadrlar guruhining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qarori bilan belgilanadi.

  1. Tashkiliy-kadrlar guruhining ishlari tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va xodimlarning funksional vazifalari to‘g‘risidagi Nizomga va ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
  2. Tashkiliy-kadrlar guruhi o‘z faoliyatida tuman hokimiga bo‘ysunadi.

Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari viloyat hokimi bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

  1. Tashkiliy-kadrlar guruhi faoliyatini tashkil etish.
  1. Tashkiliy-kadrlar guruhining ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, tuman hokimi va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, hokimlik, tarkibiy bo‘linmalar, ularning rahbarlari, mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
  2. Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari:

Tashkiliy-kadrlar guruhiga bevosita rahbarlik qiladi, o‘z mutaxassislari ishlarini tashkil qiladi hamda Tashkiliy-kadrlar guruhiga mazkur Nizomda belgilangan, yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;

kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi.

tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro‘yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini, ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirishva ularga jazo choralari ko‘rish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqib kiritadi;

mutaxassis o‘rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek, bo‘linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;

tuman hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan, har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek, kotibiyatlarning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarida qatnashadi;

boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni tuman hokimining ko‘rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, ko‘rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o‘rganishni va ular bo‘yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi;

ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi, chiquvchi xat- xabarlarni imzolaydi.

  1. Tashkiliy-kadrlar guruhining yetakchi mutaxassisi:

Bevosita guruh rahbarining rahbarligida ish olib boradi;

funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni, takliflarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta'minlaydi;

materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida guruh rahbariga, shuningdek, belgilangan tartibda hokimga axborot beradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi, yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, tuman hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati ularning natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, shuningdek faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

tuman hokimi tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan, har haftalik apparat yig‘ilishlarida va o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

kelgusida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi;

boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;

zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qilishda guruh rahbariga ko‘maklashadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari, ularning zaxirasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirib doimiy yangilab borishni ta’minlaydi;

zaxiraga olingan kadrlarni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimga tayyorlab borishni tashkil etadi;

tegishli bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

  1. Tashkiliy-nazorat guruhi 1-toifali mutaxassisi

Bevosita guruh rahbarining rahbarligida ish olib boradi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-yanvardagi 2- sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori bajarilishini tashkil etadi;

xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari va ularning doimiy komissiyalari yig‘ilishlarini, ish rejalarini tayyorlashga bevosita amaliy yordam ko‘rsatadi va muvofiqlashtirib boradi;

tuman faollari yig‘ilishlari hamda tuman hokimi tomonidan chaqiriladigan yig‘ilishlarni tayyorlashga tegishli bo‘limlarga amaliy yordam ko‘rsatadi;

xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasiga saylovlarni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarda yordam beradi;

Tashkiliy-kadrlar guruhi to‘g‘risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Tuman hokimligining Ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi
to‘g‘risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar.

Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar va rahbarlarning shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3407-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga muvofiq tuman hokimligining Ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisining (keyingi o‘rinlarda bosh mutaxassis deb yuritiladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyati hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Bosh mutaxassis o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, boshqa amaldagi qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimining hujjatlariga,

shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.

Bosh mutaxassis o‘z faoliyatini tuman hokimi rahbarligida amalga oshiradi.

Bosh mutaxassis o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda tuman hokimining ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tuman hokimligi, shuningdek, davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

  1. Ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisining vazifalari va funksiyalari.

a) Vazifalari:

tuman hokimining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta'minlaydi;

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligining qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari va tuman hokimining hujjatlari bajarilishi holatini o‘rganish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

tegishli bo‘limlar bilan birgalikda belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;

ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek, tuman hokimining hujjatlari bajarilishi holatini o‘rganish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrochilarga tezkor yetkazilishi,

nazorat bandlari, topshiriqlarda aniq mexanizmlar, muddatlar, mas’ullar belgilanishi bo‘yicha nazorat rejalarining o‘z vaqtida ishlab chiqilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

qonunchilik hujjatlari, topshiriqlar o‘z vaqtida, to‘liq va natijali ijro etilishi tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlaydi;

qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish, topshiriqlarini (keyingi o‘rinlarda - qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ro‘yxatdan o‘tkazish hamda rahbarga axborot berilishini nazorat qiladi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ning ijrochilar tomonidan tayyorlanishi, tasdiqlanishi va ijroga qaratilishini, bajarilishini nazorat qiladi;

tuman hokimligi majmualari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritilishini nazorat qiladi;

topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan tuman hokimmiga axborot kiritadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida tuman hokimligining mas’ul (devonxona) xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda rahbariyatga axborot berilishini nazorat qiladi;

mas’ul ijrochi uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari, topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlashi, rahbariyatga tasdiqlatishi va ijroga qaratishini nazorat qiladi;

mas’ul ijrochi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan, rahbar (istisno hollarda uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi ma’lumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishini nazorat qiladi;

qonunchilik hujjatlari, topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga to‘liq, haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;

Ijro intizomi nazorati bo‘yicha tuman hokimining huquqiy hujjatlar

loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;

Ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi to‘g‘risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

b) Funksiyalari:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, topshiriqlari bilan hokimlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari bajarilishi yuzasidan hokimlik apparatining tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora- tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;

tuman hokimligining ish rejasiga Ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi yo‘nalishi bo‘yicha masalalarga doir takliflarni kiritadi;

qonunchilik hujjatlari, topshiriqlar bo‘yicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi ko‘rsatilgan topshiriqlarni tayyorlaydi hamda ijrochilarga yetkazadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati har hafta juma kuni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari huzurida, har hafta dushanba kuni tuman hokimi huzuridagi yig‘ilishda muhokama qilinishini;

har oyda xalq deputatlari tuman Kengashi yig‘ilishida muhokama qilinishini tashkil etadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;

Ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi

  1. Ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisining huquqlari va javobgarligi.
  1. Yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, tuman va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;

zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot, tahliliy materiallarni, shuningdek, tuman hokimining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, tuman va tumanlar hokimliklari rahbarlari hamda xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, tuman hamda tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan tuman hokimining hujjatlari, qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, tuman va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklatilgan vazifalar, funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, tuman va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, tuman hokimining hujjatlari, topshiriqlari, uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish.

  1. Yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish bo‘yicha quyidagilar uchun:

o‘ziga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida

bajarilishi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar, hujjatlar loyihalari har tomonlama o‘z vaqtida tayyorlanishi;

Bosh mutaxassis vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tuman hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek, asoslangan xulosalar tayyorlanishi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, xalq deputatlari tuman Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan tegishli hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek, kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar va rahbarlarning shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12- yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta'minlanishi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlarining, shuningdek, tuman hokimi topshiriqlarining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.

 

Tuman hokimligining bosh yuriskonsulti to‘g‘risida

NIZOM

  1. bob. Umumiy qoidalar
  1. Ushbu Nizom Narpay tumani hokimligi bosh yuriskonsulti (keyingi o‘rinlarda - bosh yuriskonsult deb ataladi) qo‘yiladigan talablarni, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
  2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi.
  3. Boshqa tashkilotlar uchun ushbu Nizom talablari tavsiyaviy xususiyatga ega.
  4. Bosh yuriskonsult - davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me’yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim.

Bosh yuriskonsult bevosita davlat organi va tashkilotining rahbariga bo‘ysunadi.

  1. Bosh yuriskonsult o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
  2. Bosh yuriskonsult lavozimida oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs ishlashi mumkin.

Bosh yuriskonsult lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan, shuningdek, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi;

Bosh yuriskonsult lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar belgilangan tartibda adliya organlarida stajirovkadan o‘taydilar.

Adliya organlarida stajirovkadan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

  1. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari bosh yuriskonsult xodimlari lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod qilinadilar.

Tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek, hududiy darajadagi davlat organlari va tashkilotlari bosh yuriskonsult lavozimga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod qilinadilar.

Bosh yuriskonsult lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

  1. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar bosh yuriskonsult lavozimida ishlashi mumkin emas.
  2. Davlat organi va tashkilotining bosh yuriskonsultiga martaba darajalari beriladi hamda ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanadi.
  1. Davlat organi va tashkiloti bosh yuriskonsulti sifatidagi mehnat staji boshqa davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlariga o‘tganda martaba darajalari va ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalarni to‘lash uchun mo‘ljallangan mehnat staji hisobiga olinadi.
  2. Davlat organi va tashkiloti bosh yuriskonsult qonunchilikda belgilangan tartibda har uch yilda kamida bir marta malakasini oshiradi hamda har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tadilar.
  3. Davlat organlari va tashkilotlarida har yili qonun ustuvorligi va qonuniylikka rioya etilishi ahvoli to‘g‘risidagi bosh yuriskonsultning hisoboti eshitiladi.
  1. bob. Bosh yuriskonsult faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va funksiyalari
  1. Quyidagilar bosh yuriskonsult asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

davlat organi va tashkilotining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;

davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

“E-qaror” yagona elektron tizimi bilan ishlash va yuritish;

shartnomaviy-huquqiy, talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy hamda boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.

3- bob. Bosh yuriskonsult huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi

  1. Bosh yuriskonsult quyidagi huquqlarga ega:

davlat organi va tashkilotiga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish, xizmatda foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish;

davlat organi, tashkiloti, shuningdek, uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning mansabdor shaxslaridan bosh yuriskonsultga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni olish;

rahbariyat tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yig‘ilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish;

rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki tegishli tuzilma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qilish;

qonunchilikka zid bo‘lgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarish, o‘z e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida huquqiy xulosalar berish, rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan boshqa tuzilmalar bilan birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish;

davlat organi, tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarda davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini o‘rganish;

davlat organi, tashkiloti, shuningdek, uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning qonun hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;

davlat organi, tashkilotida, shuningdek, uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda yoki davlat organi va tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar, taftishlar, xatlovlarda, shuningdek, ularning yakunlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berish;

talabnoma-da’vo tartibida davlat organi, tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofot olish.

Bosh yuriskonsult qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Bosh yuriskonsult:

unga ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan funksiyalarni zarur darajada, shuningdek, samarali bajarishi;

davlat organi, tashkilotida, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori turuvchi organga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi;

belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi, attestatsiyadan o‘tishi shart.

Bosh yuriskonsult qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Bosh yuriskonsult o‘zi viza qo‘ygan hujjatlarning va o‘zi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi asoslab beradi.

Bosh yuriskonsult o‘z majburiyatlari va funksiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

  1. bob. Ushbu Nizomning bajarilishini nazorat qilish
  1. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Adliya organlari o‘z vakolatlari doirasida ushbu Nizom va bosh yuriskonsult faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talablarining bosh yuriskonsult, boshqa mansabdor shaxslar tomonidan buzilishining aniqlangan holatlarini bartaraf etishga, shuningdek, aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘radi.

Adliya organlari bosh yuriskonsult faoliyatiga tegishli hujjatlarni, boshqa ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan so‘rab olish huquqiga ega.

  1. Adliya organlari davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi, bosh yuriskonsultga ko‘rsatmalar beradi, shuningdek, yo‘l qo‘yilgan aniqlangan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatadi.
  2. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Tuman hokimligi bosh yuriskonsulti vazifalar taqsimoti.

Tuman hokimligi apparatida bosh yuriskonsult faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida tashkil etadi.

Yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan qaror hamda tuman hokimligining tashabbusi asosida tayyorlanib, tuman hokimiga imzo uchun taqdim qilinadigan qaror loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga bosh yuriskonsult tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

tuman hokimligining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etadi;

tuman hokimligi tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib boradi;

tuman hokimligining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida majmualar ishini muvofiqlashtiradi;

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organi, tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydi;

tuman hokimligi, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan davlat organlari hamda tashkilotlarining qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;

mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda tuman hokimining qaror va farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;

tuman hokimligida shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;

tuman hokimligining boshqa tuzilmalari bilan birgalikda davlat organi, tegishli tuzilmalar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;

tuman hokimligida boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat organi tizimiga kiradigan tuzilmalar, ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga tashkilotlar faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashning ahvoli yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;

davlat organi, tashkilotining norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi hamda bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;

tuman hokimligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;

ekspertizadan o‘tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ- huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga bosh yuriskonsult tomonidan davlat organi, tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

tizimli ravishda davlat organi va tashkilotining tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni o‘tkazadi;

tuman hokimligi va uning tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etadi;

davlat organi va tashkiloti axborot xizmatiga tashkilot veb-saytiga joylashtirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmun- ahamiyati to‘g‘risida ma'lumotlar kiritadi;

boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotida mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad, noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari, sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;

moddiy boyliklar, pul mablag‘larini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek, qonun buzilishlari va suiiste’mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari, xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi hamda Davlat organi va tashkilotining bosh yuriskonsult qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

 

Tuman hokimligi devonxona bo‘limi to‘g‘risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar.

Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016- yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq tuman hokimligi devonxona bo‘limining vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyati hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Tuman hokimligi devonxona bo‘limi tuman hokimligi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Devonxona bo‘limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, xalq deputatlari tuman Kengashi hamda tuman hokimining hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.

Devonxona bo‘limi o‘z faoliyatini tuman hokimligi apparati tarkibiy bo‘linmalari, tumandagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari va boshqa yig‘ilishlarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;

tuman hokimligi apparatida maxfiy hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish, maxfiylik rejimini va davlat sirlari hisoblanadigan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarni himoya qilishni ta’minlash.

  1. bob. Tuman hokimligi devonxonasining asosiy vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar tuman hokimligi devonxonasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

hokimlik apparatida qarorlar, farmoyishlar, murojaatlar va topshiriqlarning bajarilishi bo‘yicha ijro intizomini ta’minlaydi;

tuman hokimi tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlar ijrosi to‘g‘risidagi hujjatlarning rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;

hokimlik apparati tarkibiy bo‘linmalarida hujjatlar yuritilishiga va ularning saqlanishiga metodik rahbarlikni va yo‘riqnoma talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

tuman hokimlik apparatlarida ish yuritish masalalarini o‘rganadi va amaliy yordam beradi;

hujjatlarning yig‘ma jildlar nomenklaturasini ishlab chiqadi va shu asosida hokimlik apparati tarkibiy bo‘linmalarida ish olib borilishini nazorat qiladi;

hokimlik apparati tarkibiy bo‘linmalarida ish yuritishda tugatilgan hujjatlarni qabul qiladi va hokimlik apparati idoraviy arxiviga topshirilishini ta’minlaydi;

hokimlik apparatiga ishga qabul qilingan yangi xodimlarga hujjatlar bilan ishlash yuzasidan yo‘riqnoma berish, o‘quvlar tashkil qilish, me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish ishlarini amalga oshiradi;

Devonxona bo‘limi to‘g‘risidagi Nizomga va viloyat hokimining qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

  1. Devonxona bo‘limining huquqlari va javobgarligi

Devonxona bo‘limining zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

belgilangan vazifalar doirasida tuman hokimligi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, zaruriy ma’lumot va boshqa turdagi me’yoriy hujjatlarni so‘rash va olish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda devonxona zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda tuman hokimi topshiriqlarini yetkazish;

ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar asosida tuman hokimligi apparati tarkibiy bo‘linmalarida, korxona va tashkilotlarda ijro intizomi masalalarini o‘rganish, ular bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash hamda tuman hokimiga taqdim etish;

Devonxona bo‘limi:

o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiya, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq daxldor takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama, o‘z vaqtida tayyorlanishi;

hokimning ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi daxldor muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi.

Narpay tumani hokimligi umumiy bo‘lim xodimlarining vazifalar taqsimoti asosiy vazifalar va funksiyalari

Devonxona mudiri:

Devonxona faoliyatini tashkil etadi va rahbarlik qiladi.

Tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritish va arxiv ishlarini tashkil etishni ta’minlaydi, tushadigan xat-xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish, taqsimlash, mansubligiga ko‘ra yuborishni, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qilish va jo‘natishni tashkil qiladi.

Tuman hokimligida ish yuritish, hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va taqsimlashni tashkil etadi.

Tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli hamda 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqidagi” 140-sonli qarorlari, shuningdek, tuman hokimligida ish yuritish tartibi asosida ish yuritish qo‘llanmasi, tavsiya va yo‘riqnomalari asosida ish yuritishni ta'minlaydi.

Tuman hokimi apparati arxivining ish faoliyatini nazorat qilib boradi. Majmualar tomonidan hujjatlar nomenklaturasiga amal qilishini o‘rganib boradi va amaliy yordam beradi.

Tuman hokimining qaror va farmoyishlari loyihalari tayyorlanishini puxta tahlil qilinganligi hamda tegishli mas’ullar tomonidan viza qo‘yilganligini ko‘rib chiqib, tuman hokimiga kiritilishini ta’minlaydi, hokim imzosidan keyin rasmiylashtiradi va qaror, farmoyishni tayyorlagan bo‘linma mas’ul xodimi tomonidan jo‘natish varaqasida ko‘rsatilgan nusxa soniga ko‘ra nusxa olishga ruxsat beradi hamda ijrochilarga yetkazilishini tashkil etadi.

Tuman hokimligiga kelib tushgan hujjatlarni tahlil qiladi, boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda hokimning tegishli topshiriqlarini (fishkalarni) tayyorlaydi.

Hokimning hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, ko‘paytirish va jo‘natish, shu jumladan, elektron orqali yuborishni ta’minlaydi.

Tuman hokimligiga kelgan hujjatlar va xat-xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish, taqsimlash, mansubligiga ko‘ra yuborishni, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qilish, jo‘natishni tashkil qiladi.

Yuqori organlardan kelgan hujjatlarni muhimligi aniq muddatlari ko‘rsatilgan hujjatlar hamda tuman hokimining topshiriq ko‘rsatmalariga qarab hujjatlarni nazoratga oladi va yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tartibda “N” belgisini qo‘yadi. “Xizmatda foydalanish uchun” (XFU) ustxatli hujjatlar va nashrlarni hisobga olish (ro‘yxatdan o‘tkazish), maxfiy va maxfiy bo‘lmagan hujjatlarning hisobini olib boradi va nazorat qiladi.

Nazoratdagi hujjatlar tahlilini yuritadi va rahbariyatga muntazam axborot beradi.

Apparat yig‘ilishlarida muhokama qilish uchun hujjatlar aylanishi va ijro intizomi yuzasidan ma’lumotlarni tayyorlaydi.

Vakolatiga kiruvchi masalalarning muhokamasi bo‘yicha hokim o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan, hokimlik soati va apparat yig‘ilishlarida ishtirok etadi.

Devonxonada tuman hokimligi va tuman tashkilotlarida devonxona xodimlariga (mudirlariga) ish faoliyati davomida amaliy yordam berib boradi.

Yetakchi mutaxassis

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul hisoblanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarni hokimlik rahbariyati tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlarni murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limlari hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin qizlar muammolari bo‘yicha 1211-qisqa ishonch telefoni”dan viloyat hokimligiga kelib tushgan taklif, ariza va shikoyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi, hisobga oladi va bajarilishini nazorat qiladi. Murojaatlar bilan ishlash jarayoniga bog‘liq ishlarni kompyuter dasturida amalga oshiradi.

Tuman hokimligiga kelgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish, taqsimlash, mansubligiga ko‘ra yuborish, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qilish va jo‘natishni tashkil qiladi.

Nazoratdagi hujjatlarning nazoratdan chiqarilishi bo‘yicha ma’lumotlarni kompyuter dasturiga kiritadi. Ijro va nazorat bo‘yicha kompyuter dasturlarining bir maromda ishlashini ta’minlaydi.

Tuman hokimligiga kelgan hujjatlarni, konvertlarni ochgandan keyin to‘g‘riligini, hujjatlar o‘ramining butunligi va ilovalari bor yo‘qligini tekshirib, hujjatlarning raqamlarini konvertda ko‘rsatilgan raqamlar bilan solishtiradi. Hujjatlarning kamligi yoki buzilganligi aniqlanganda, devonxona mudiriga bildirib, birgalikda dalolatnoma tuzib, biri devonxonada qoldiriladi, ikkinchi paket jo‘natgan tashkilotga yangi konvertga solib, belgilangan manzilga qaytariladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatlarni devonxona mudiriga hokim ko‘rsatmasini tayyorlash uchun taqdim etadi. Devonxonada ish yuritish nomenklaturasi asosida yig‘ma jildlarni shakllantiradi, har oy yakunida hujjatlarni tartib bilan yig‘ma jild jamg‘armasini tashkil etadi.

Tuman hokimligi apparatida idoraviy arxiv ishini yuritadi. Reja va hisobotlarni tuzadi, ularning ijrosini ta’minlaydi.

Hujjatlar yig‘ma jildlari nomenklaturasini tuzadi, hokimlikning tasdiqlangan tuzilmasiga binoan ijrosi ta’minlangan hujjatlar yig‘ma jildlarini idoraviy arxiviga joylashtiradi.

Idoraviy arxivdagi doimiy va uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar yig‘ma jildlarini tartibga soladi, hujjatlarning ro‘yxatlarini shakllantiradi va saqlanishini ta’minlaydi. Hokimlik apparatida hujjatlarning saqlanishini ta’minlaydi, ularni yil yakuni bilan arxivga qabul qiladi.

Tuman hokimligi apparatida, tumandagi korxona va tashkilotlarda ish yuritishning ahvolini o‘rganib borishda ishtirok etadi, uni yaxshilash bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatadi.

Rahbar tomonidan berilgan boshqa qonuniy topshiriqlar bajarilishini ta’minlaydi.

 

Tumani hokim yordamchisining asosiy vazifalari va funksiyalari

Lavozimiga tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, uning Devonining, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimi va yuqori turuvchi boshqarma va idoralarning bevosita hokimga yo‘llangan yozma topshiriqlari to‘g‘risida o‘z vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi, hokimning rezolyusiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, uning Devoni, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi, tuman hokimligining tegishli topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish, tahlil etishni ta’minlaydi, topshiriqlarning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida hokimga axborot beradi;

hokimning joriy ish rejalarini tegishli bolimlar bilan shakllantiradi va ularning ijrosini tashkil qiladi;

hokimga kelib tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan o‘tkazadi, zaruriyat bo‘lganda, boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga axborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi;

jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki, yozma va elektron murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

hokim tomonidan yuklangan va funksional vazifalarda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Har kuni tuman hokimi qabuliga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha kelgan mansabdor shaxslarni belgilangan tartib asosida hokim qabuliga kiritadi. Hokim topshirig‘iga ko‘ra mas’ul shaxslarni hokim qabuliga taklif etadi.

Xorijiy va hamdo‘stlik davlatlaridan, qo‘shni viloyat va tumanlardan turli masalalarda kelgan mansabdor shaxslar, mehmonlarni qabulxonada tegishli tartibda qabul qilib, hokim huzuriga tashrif buyurishlarini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis, vazirliklar, viloyat hokimligi va boshqa barcha yuqori tashkilotlarning kundalik telefon qo‘ng‘iroqlariga belgilangan yo‘riqnomalar asosida javob beradi, bu haqda tuman hokimini xabardor qiladi va zarur hollarda tegishli mansabdor shaxslarga xabarlarni yetkazadi.

Hokim topshiriqlarini tezkor va sifatli bajaradi, ularni hisobga oladi, shuningdek, nazorat qiladi, ularning bajarilishi haqida hokimga axborot berib boradi.

Tuman hokimiga matbuotda chop etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat hokimining qarorlari haqida o‘z vaqtida axborot berib boradi.

Hokim tomonidan o‘tkaziladigan majlislarni tashkil etishda qatnashadi.

Respublika, viloyat va tuman gazetalari, jurnallari, ijtimoiy tarmoqlar sahifalarida chop etilgan tuman hayotiga oid nashrlar, maqolalar haqida hokimga axborot beradi, hokim nomiga kelayotgan muhim hujjatlar bilan ishlaydi, ularni hokim ko‘rib chiqishi uchun tayyorlaydi. Shoshilinch xarakterdagi xabarnoma va topshiriqlardan zudlik bilan hokimni xabardor etadi.

Shaxsiy masalalar bo‘yicha tuman hokimi qabulini o‘tkazishda ishtirok etadi va uni tashkil etishda tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi bilan hamkorlikda ishlaydi.

Tuman hokimligi apparat va “Hokim soati” yig‘ilishlari yuzasidan tuman hokimini tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.

Tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tushayotgan tezkor axborot va ma’lumotlar haqida doimiy ravishda hokimga ma’lumot berib boradi, zarur hollarda bu haqda hokimlik mas’ul xodimlariga bildiradi.

Hokimlik mas’ul xodimlari bilan hokim oldi yig‘ilishlarida o‘ziga topshirilgan vazifalarni bajaradi va zarur hollarda mas’ul shaxslarga bajarish uchun yuklatilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi.

Har kuni tuman hokimining o‘rinbosarlariga telefon orqali bog‘lanib, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar, muhim voqealar haqida ma’lumot oladi va hokimga xabar beradi.

Tuman hokimi ishga kelishi va ketishi oldidan hokim xonasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va xonani maxsus muhr bilan muhrlaydi. Telefon hamda boshqa aloqa, militsiya, qo‘riqlash xizmatlari ishini ko‘rib chiqadi.

Tuman hokimi tomonidan berilgan topshiriqlarni hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajaradi.

 

Narpay tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari-matbuot kotibining
asosiy vazifalar va funksiyalari

  1. Umumiy qoidalar

Narpay tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari bir vaqtning o‘zida tuman hokimining matbuot kotibi - axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

Axborot xizmati rahbari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, shuningdek, boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari tuman Kengashi hamda tuman hokimining qarorlari, farmoyishlari, boshqa amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, tuman hokimligining Reglamenti, ish yuritish, hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma, mazkur vazifalar taqsimoti va tuman hokimligining ish rejasi asosida faoliyat ko‘rsatadi.

  1. Asosiy vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar Axborot xizmati rahbarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat organlari, tashkilotlari faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, ularning rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;

davlat organlari va tashkilotlarida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, sotsial- iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish ularni yoritish bo‘yicha chora- tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarining ijobiy imijini shakllantirish, ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, shuningdek, boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;

axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;

muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;

axborot makoni monitoringini olib borish, tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, internet tarmog‘ida tegishli davlat organlari hamda tashkilotlari faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy, xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish, ular to‘g‘risida davlat organ va tashkilotlari rahbariyatiga axborot berib borish;

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar, idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto, audio, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash;

davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;

davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto, audio, videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

  1. Huquqlari va javobgarligi

Axborot xizmati rahbari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

o‘z vazifalari hamda funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalaridan, idoraviy mansub tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish;

hokimlikning yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;

qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun hokim bilan kelishgan holda hokimlikning boshqa bo‘linmalari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, shartnoma asosida jalb etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;

rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hokimlik nomidan vakillik qilish;

o‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish;

hokimlikning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, xizmat faoliyati masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun kiritish.

 

Tuman hokimligi bosh hisobchisining asosiy vazifalari

O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tuman hokimligi apparati hamda xo‘jalik xizmatida buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish ishlarini amalga oshiradi.

Tuman hokimi tomonidan berilgan boshqa qonuniy topshiriqlar bajarilishini ta’minlaydi.

Hokimlikning mulki, mablag‘lari, majburiyatlari, shuningdek xo‘jalik operasiyalarining buxgalteriya hisobini pul va natural o‘lchovlarda yuritadi.

Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, buxgalteriya hisob-kitoblarining to‘g‘ri olib borilishini hamda tuman xokimligining banklardagi hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari harakatlarini nazorat qiladi.

Hokimlikda buxgalteriya hisobi va hisoboti intizomiga qat’iy rioya etilishini, pul mablag‘laridan tejamli, maqsadli va oqilona foydalanilishini, barcha tovar moddiy boyliklar hisobi yuritilishi, asrab-avaylanilishi, o‘rinli va to‘g‘ri foydalanilishi choralarini ko‘rib boradi, shuningdek, buxgalteriya nazoratini amalga oshiradi.

Xodimlarga mehnat haqi to‘lovi, rag‘batlantirish va boshqa to‘lovlar, ijtimoiy muhofazalash yo‘nalishidagi sarflanadigan mablag‘lar o‘z vaqtida to‘lanishini, mehnatga oid huquqlari moliyaviy jihatdan buzilmasligini ta’minlaydi.

Tuziladigan xo‘jalik shartnomalari hokimlikning manfaatlariga moddiy zarar yetkazmasligi choralarini ko‘rib boradi.

Tuman hokimiga kiritilayotgan xodimlar, fuqarolar hamda yuridik shaxslarga biror turdagi to‘lovlarni amalga oshirishni belgilovchi qaror va farmoyishlar loyihalari bilan belgilangan tartibda tanishib chiqib, imzolaydi yoki yozma e’tiroz bildiradi.

Xodimlarning yillik shtat jadvallarini, kelgusi ehtiyojlar hisobga olingan smeta xarajatlarini tuzadi, zarurat yuzaga kelganda smeta xarajatlariga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilishiga o‘z vaqtida takliflar tayyorlaydi va tasdiqqa kiritilishini tashkillashtiradi.

Moliyaviy hisob va hisobotlarni olib boradi, xo‘jalik operasiyalarini nazorat qiladi va hisobotlarni tegishli tashkilotlarga belgilangan muddatlarda taqdim etib boradi.

Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari orqali bank operasiyalari amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda xarid qilinishi, qabul qilinishi, kirimga olinishi, maqsadli va tejamli ishlatilishi, saqlanishi, moddiy javobgar shaxslar biriktirilishi, belgilangan tartib va muddatlardan xatlovlardan o‘tkazilishi va hisobdan chiqarilishi ustidan buxgalteriya nazoratini ta’minlaydi.

Barcha shartnomaviy munosabatlarda to‘lov intizomiga rioya etilishi choralarini ko‘rib boradi.

Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanib, to‘lab borilishini ta’minlaydi.

“uzasbo.uz”, “xarid.uzex.uz”, “invoice.uzasbo.uz”, “new.cooperation.uz”, “my.soliq.uz”, “hisobot.stat.uz” elektron tizimlari bilan ishlaydi va yuritadi.

Amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Tuman hokimligi hisobxonasi 1-toifali hisobchisining asosiy vazifalari

Bevosita bosh hisobchining rahbarligida ish olib boradi;

Tumani hokimligi ishchi xizmatchilari, xodimlari uchun ish xaqi, unga tenglashtirilgan barcha turdagi pul mablag‘larini g‘aznachilik bo‘limi cheki orqali bankdan naqd pulllarni olib tashkilot xazinasiga kirim qiladi va to‘lov qaydnomasi orqali ishchi xodimlarga tarqatadi;

xarid.uzex.uz elektron tizimi orqali xarid qilingan tovar-moddiy boyliklarni hokimlik hisobxonasiga kirimga olish va hisobdan chiqarish ishlarini olib boradi;

edo.ijro.uz elektron tizimidan kelib tushgan xat va topshiriqlar yuzasidan hujjatlarni yuritadi;

hisobot.stat.uz elektron tizimi orqali topshirilayotgan hisobolarni tayyorlaydi va jo‘natadi;

Ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat ta’tili berish kabi qaror va farmoyishlarni uzasbo.uz dasturiy majmuasiga kiritadi;

Hokimlik hisobxonasida yuritilayotgan barcha hujjatlarni tegishli provodkalar asosida yuritadi;

Amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri lavozimi asosiy
vazifasi

Hududda AKTni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni, shu jumladan, elektron hukumatni yanada rivojlantirish va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni kompleks monitoring qilish va natijasini tahlil etish;

davlat organlari va tashkilotlarining bo‘limlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga mas’ul xodimlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish;

tumanda faoliyat yuritayotgan raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari, masofaviy xizmatlar eksporti markazlari faoliyatiga ko‘maklashish;

tumanda elektron hukumat tizimi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirish;

xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

hududlarni rivojlantirish kompleks dasturlarini, chora-tadbirlar rejalarini va ularning vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha takliflar kiritish;

axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, hududda elektron hukumat tizimini joriy qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;

hududda axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini joriy qilish, rivojlantirish bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘rganishlarda, muntazam tarzda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi rivojlanishini monitoring hamda tahlil qilishda ishtirok etish;

mahalliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiquvchilarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish;

dasturiy mahsulotlarning mahalliy bozorining rivojlanish holatini o‘rganish va tahlil qilish;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish.

 

Teglar
Insurance Policy